O‘zbekiston va Rossiya soliq ta’limi bo‘yicha yangi bitim imzoladi
O‘zbekiston va Rossiya soliq ta’limi bo‘yicha yangi bitim imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Bitim muntazam o‘quv dasturlari, akademik almashinuv, stajirovkalar va qo‘shma tadqiqotlarni qamrab oladi. 2027-yildan IT-mutaxassislar uchun raqamli transformatsiya dasturlari ham rejalashtirilgan.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi huzuridagi Oliy soliq maktabi va Rossiya Federal soliq xizmati (FSX) LAB akademiyasi o‘rtasida tizimli va uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Bu haqda Rossiya FSX LAB akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Hujjat muntazam ta’lim dasturlarini amalga oshirish, akademik tajriba almashish va stajirovkalar tashkil etish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadi.Shu davr mobaynida O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi xodimlari 15 ta ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qitildi. 2025–2026 yillardagi dasturlar soliqqa tortish metodologiyasi va soliq ma’muriyatchiligi bilan birga, xodimlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ham qaratildi.2027 yilda hamkorlik doirasida IT-mutaxassislar uchun raqamli transformatsiyaga bag‘ishlangan dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.FNS LAB akademiyasi rektori Ivan Yefremovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bilan hamkorlik Rossiya ta’lim dasturlarini xorijiy auditoriya ehtiyojlariga moslashtirishda muhim tajriba bo‘ldi.
Hujjat qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini joriy etish kabilarni nazarda tutadi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi huzuridagi Oliy soliq maktabi va Rossiya Federal soliq xizmati (FSX) LAB akademiyasi o‘rtasida tizimli va uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Bu haqda Rossiya FSX LAB akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat muntazam ta’lim dasturlarini amalga oshirish, akademik tajriba almashish va stajirovkalar tashkil etish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadi.
Yangi kelishuv O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi va Rossiya Federal soliq xizmati o‘rtasida so‘nggi ikki yilda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning davomi bo‘ldi.
Shu davr mobaynida O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi xodimlari 15 ta ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qitildi. 2025–2026 yillardagi dasturlar soliqqa tortish metodologiyasi va soliq ma’muriyatchiligi bilan birga, xodimlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ham qaratildi.
2027 yilda hamkorlik doirasida IT-mutaxassislar uchun raqamli transformatsiyaga bag‘ishlangan dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
FNS LAB akademiyasi rektori Ivan Yefremovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bilan hamkorlik Rossiya ta’lim dasturlarini xorijiy auditoriya ehtiyojlariga moslashtirishda muhim tajriba bo‘ldi.
“Biz bu yo‘nalishni rivojlantirish, hamkorlik geografiyasini kengaytirish va ta’lim yechimlarimizni boshqa mamlakatlarning soliq ma’muriyatlariga ham taklif etishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Yefremov.
LAB — Rossiya Federal soliq xizmatining Liderlik va biznes-jarayonlarni boshqarish akademiyasi bo‘lib, soliq xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi. Unda har yili qariyb 50 ming nafar tinglovchi tahsil oladi.