Elliktadan ortiq davlat vakillari Toshkentdagi Global kinologiya forumida qatnashmoqda

© SputnikV Tashkente otkrilsya VII Globalniy kinologicheskiy forum Vsemirnoy tamojennoy organizatsii.
V Tashkente otkrilsya VII Globalniy kinologicheskiy forum Vsemirnoy tamojennoy organizatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2026
Obuna bo‘lish
Xizmat itlarini tayyorlash, sintetik giyohvand moddalarni aniqlash va kinologiya infratuzilmasini rivojlantirish ishtirokchilar muhokama qiladigan asosiy mavzulardan.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Toshkentda Jahon bojxona tashkilotining VII Global kinologiya forumi o‘z ishini boshladi. Anjuman 7–9 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Forumda Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Yan Sanders, Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov, 50 tadan ortiq davlat bojxona xizmatlari va 15 tadan ziyod xalqaro tashkilot vakillari — jami 150 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.
Uch kun davomida xizmat itlarini tayyorlash, kinolog xodimlar malakasini oshirish, sintetik giyohvand moddalarni aniqlash, veterinariya ta’minoti va kinologiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Chexiya, Germaniya va Niderlandiya mutaxassislari hid izlarini aniqlash va namunalar olish texnologiyalari, Kanada, AQSh va Buyuk Britaniya ekspertlari esa yangi sintetik narkotiklarni kinologik usulda aniqlash bo‘yicha tajribasini taqdim etadi.
Forum doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi faoliyati bilan ham tanishdi. 1996-yilda tashkil etilgan markazga 2008-yilda Jahon bojxona tashkilotining Mintaqaviy kinologiya markazi maqomi berilgan.
Toshkent ushbu forumga ilk bor mezbonlik qilmoqda. Ilgari anjuman Belgiya, Rossiya, Argentina, Chexiya, Avstraliya va Gonkongda o‘tkazilgan.
Forum yakunida Jahon bojxona tashkilotining Kinologiya bo‘yicha kompendiumi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Zona tamojennogo kontrolya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2026
“Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasi tasdiqlandi: qanday yengilliklar belgilandi?
Yangiliklar lentasi
0