https://oz.sputniknews.uz/20260905/xitoyqirgizistonozbekiston-temiryoli-doirasida-eng-baland-koprik-barpo-etilmoqda-60231143.html
Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lidagi eng baland ko‘prik barpo etilmoqda
Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lidagi eng baland ko‘prik barpo etilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li shaxdam qadamlar bilan qurilmoqda. 05.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-05T12:53+0500
2026-09-05T12:53+0500
2026-09-05T13:02+0500
temir yo‘l
xitoy
qirg‘iziston
o‘zbekiston
bir kamar bir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/05/60231522_0:168:1000:731_1920x0_80_0_0_e1f0edbefcff3c153471daad05bab013.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. "Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston" temiryo‘li qurilishi loyihasi doirasida Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida balandligi 122 metr bo‘lgan eng baland ko‘prik qurilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Transport vazirligi.Ayni paytda ko‘prik poydevorini quyish ishlari to‘liq yakunlangan. Tayanch va ustunlarni qurish ishlari esa 54 foizga bajarilgan.Shuningdek, bugun ushbu temiryo‘lning Kosh Dobo Shimoliy 2-tunnelining qazish ishlari yaqinda yakunlandi, deb xabar berdi shanba kuni "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyasi" MChJ.Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li muhim hamkorlik loyihasidir. U Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi Qashg‘ardan boshlanadi va Torugart dovoni orqali Qirg‘izistonga kiradi. Keyin u g‘arbga qarab yo‘naladi va O‘zbekistonning sharqidagi Andijon shahrida tugaydi. Temir yo‘lning umumiy uzunligi 500 km dan oshadi, shundan 304,84 km Qirg‘iziston hududida.
xitoy
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/05/60231522_25:0:1000:731_1920x0_80_0_0_48d285ff304d2207676b7d4e1bdeca65.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
temir yo‘l, xitoy, qirg‘iziston, o‘zbekiston, bir kamar bir yo‘l
temir yo‘l, xitoy, qirg‘iziston, o‘zbekiston, bir kamar bir yo‘l
Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lidagi eng baland ko‘prik barpo etilmoqda
12:53 05.09.2026 (yangilandi: 13:02 05.09.2026) Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li shaxdam qadamlar bilan qurilmoqda.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. "Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston" temiryo‘li qurilishi loyihasi doirasida Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida balandligi 122 metr bo‘lgan eng baland ko‘prik qurilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Transport vazirligi.
Kech-Olot darosi ustidan o‘tuvchi ko‘prikning umumiy uzunligi 956,67 metrni, eng baland tayanchining balandligi 96 metrni, ko‘prikning umumiy balandligi esa 122 metrni tashkil etadi.
Ayni paytda ko‘prik poydevorini quyish ishlari to‘liq yakunlangan. Tayanch va ustunlarni qurish ishlari esa 54 foizga bajarilgan.
Shuningdek, bugun ushbu temiryo‘lning Kosh Dobo Shimoliy 2-tunnelining qazish ishlari yaqinda yakunlandi, deb xabar berdi shanba kuni "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyasi" MChJ.
Loyiha qurilishi 2025-yil iyun oyida boshlanganidan beri temir yo‘lning Qirg‘iziston qismida 27 ta tunnel qurilishi boshlandi, ulardan biri yakunlandi. Shuningdek, 43 ta ko‘prik, 88 ta yo‘l uchastkasida qurilish ishlari boshlandi va 20 ta stansiyada infratuzilma ishlari to‘liq ishga tushirildi.
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li muhim hamkorlik loyihasidir. U Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi Qashg‘ardan boshlanadi va Torugart dovoni orqali Qirg‘izistonga kiradi. Keyin u g‘arbga qarab yo‘naladi va O‘zbekistonning sharqidagi Andijon shahrida tugaydi. Temir yo‘lning umumiy uzunligi 500 km dan oshadi, shundan 304,84 km Qirg‘iziston hududida.