https://oz.sputniknews.uz/20260905/ukraina-bosh-prokuraturasi-xodimi-firibgarlik-call-markazlarni-himoya-qilishda-gumonlanmoqda-60235660.html
Ukraina Bosh prokuraturasi xodimining o‘z firibgarlik call-markazlari bo‘lgan
Ukraina Bosh prokuraturasi xodimining o‘z firibgarlik call-markazlari bo‘lgan
Sputnik O‘zbekiston
Jinoiy guruh fuqarolardan firibgalik yo‘li bilan o‘zlashtirilgan mablag‘larni qator sxemalar orqali qonuniylashtirgan. 05.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-05T16:57+0500
2026-09-05T16:57+0500
2026-09-05T17:01+0500
ukraina
kiyev
vladimir zelenskiy
firibgarlik
otishma
bosh prokuratura
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/05/60235755_0:504:1000:1067_1920x0_80_0_0_de222f39a6b541e4fdb0dcc1b561119c.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Ukraina Bosh prokuraturasi xodimlari firibgarlik call-markazlaridan iborat uyushgan jinoiy guruh tarkibiga kirgan. Bu haqida Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (NABU) ma’lum qilmoqda. "Kansler" o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, jinoiy qo‘ng‘iroq markazlari bozorida faoliyat yuritayotgan ayrim jinoiy guruhlarga yordam bergan va boshqalarini o‘ziga bo‘ysundirgan, deyiladi NABU xabarida.2025 yilda tuzilgan guruh, fuqarolarni, jumladan, chet elliklarni ham aldab o‘zlashtirgan mablag‘larni qator sxemalar orqali qonuniylashtirgan.Masalan, ko‘chmas mulk, qimmatbaho toshlar va qimmatbaho ko‘char mulk sotib olishga 20 million grivnadan ortiq mablag‘ sarflangan. Jinoiy guruh rahbari uchinchi shaxslarga qayta ro‘yxatdan o‘tkazish orqali qonuniylashtirgan aktivlarning minimal bozor qiymati 12 million grivnadan oshadi. Jinoyatchilar yana 10 million grivnaga yaqin mablag‘ni o‘z yaqinlarining bank hisob raqamlariga qonuniy daromad sifatida joylashtirgan. Bir necha kun oldin ijtimoiy trmoqlarda Kiyevda Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) va Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) xodimlari orasida otishma sodir bo‘lgan edi. Unda bir xodim qurbon bo‘lgan edi."Strana" nashriga ko‘ra, otishma Zelenskiy devoni rahbari Budanov va SBU rahbari vazifasini bajaruvchi Poklad orasidagi shaxsiy adovat tufayli sodir bo‘lgan. Yana bir versiyaga ko‘ra, bu voqea call-markazlarni "himoya qilish" uchun kelib chiqqan kelishmovchiliklar tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin
ukraina
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/05/60235755_0:411:1000:1161_1920x0_80_0_0_25ca76cb48f3ed6a4069bf30bb04d4d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, kiyev, vladimir zelenskiy, firibgarlik, otishma, bosh prokuratura
ukraina, kiyev, vladimir zelenskiy, firibgarlik, otishma, bosh prokuratura
Ukraina Bosh prokuraturasi xodimining o‘z firibgarlik call-markazlari bo‘lgan
16:57 05.09.2026 (yangilandi: 17:01 05.09.2026) Jinoiy guruh fuqarolardan firibgalik yo‘li bilan o‘zlashtirilgan mablag‘larni qator sxemalar orqali qonuniylashtirgan.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Ukraina Bosh prokuraturasi xodimlari firibgarlik call-markazlaridan iborat uyushgan jinoiy guruh tarkibiga kirgan. Bu haqida Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (NABU) ma’lum qilmoqda.
Bosh prokuratura kiberxavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Sergey Kropivaning, jinoiy taxallusi "Kansler", o‘ziga tegishli firibgarlik call-markazlaridan iborat jinoiy guruhi bo‘lgan.
"Kansler" o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, jinoiy qo‘ng‘iroq markazlari bozorida faoliyat yuritayotgan ayrim jinoiy guruhlarga yordam bergan va boshqalarini o‘ziga bo‘ysundirgan, deyiladi NABU xabarida.
2025 yilda tuzilgan guruh, fuqarolarni, jumladan, chet elliklarni ham aldab o‘zlashtirgan mablag‘larni qator sxemalar orqali qonuniylashtirgan.
Masalan, ko‘chmas mulk, qimmatbaho toshlar va qimmatbaho ko‘char mulk sotib olishga 20 million grivnadan ortiq mablag‘ sarflangan. Jinoiy guruh rahbari uchinchi shaxslarga qayta ro‘yxatdan o‘tkazish orqali qonuniylashtirgan aktivlarning minimal bozor qiymati 12 million grivnadan oshadi. Jinoyatchilar yana 10 million grivnaga yaqin mablag‘ni o‘z yaqinlarining bank hisob raqamlariga qonuniy daromad sifatida joylashtirgan.
Bir necha kun oldin ijtimoiy trmoqlarda Kiyevda Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) va Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) xodimlari orasida otishma sodir bo‘lgan edi. Unda bir xodim qurbon bo‘lgan edi.
"Strana" nashriga ko‘ra, otishma Zelenskiy devoni rahbari Budanov va SBU rahbari vazifasini bajaruvchi Poklad orasidagi shaxsiy adovat tufayli sodir bo‘lgan. Yana bir versiyaga ko‘ra, bu voqea call-markazlarni "himoya qilish" uchun kelib chiqqan kelishmovchiliklar tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin