“Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasi tasdiqlandi: qanday yengilliklar belgilandi?

© Sputnik / Baxrom XatamovZona tamojennogo kontrolya
Zona tamojennogo kontrolya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2026
Obuna bo‘lish
Yangi tartiblar tadbirkorlarga QQSni hisobga olish, bojxona to‘lovlarini kamaytirish va tovarlarni tezroq chiqarish imkonini beradi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekistonda tashqi savdo va bojxona rasmiylashtiruviga oid qator talablar bekor qilinib, tadbirkorlar uchun yangi yengilliklar belgilandi. Bu prezidentning “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.
Hujjat bilan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasi tasdiqlandi. U bojxona jarayonlarini soddalashtirish, infratuzilmani yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etishni nazarda tutadi.
Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan:
invoys asosida import qilishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish cheklovi;
invoys asosida eksportda oldindan 50 foiz tushumni ta’minlash talabi;
tovarlarni milliy valyutada eksport qilishda oldindan to‘lov yoki bank kafolatlarini taqdim etish talabi bekor qilindi.
Shuningdek, mahsulot namunasi yetarli bo‘lmagan hollarda oziq-ovqat uchun sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirish hamda ayrim kimoviy, oziq-ovqat, kosmetika va tibbiyot mahsulotlariga oid ruxsatnoma va guvohnomalarni bojxona rasmiylashtiruvida taqdim etish talablari bekor qilindi.
2026 yil 1-oktabrdan xavf darajasi past va QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari importda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olishi mumkin bo‘ladi.
Eksportda bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya va kelib chiqish sertifikatlari hamda fumigatsiya uchun yig‘im va to‘lovlar 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1-yanvardan xavf darajasi past tadbirkorlar import qilgan tovarlarning bojxona qiymati ular erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi. Shuningdek:
tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi;
bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish joriy etiladi;
rasmiy diler va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalaniladi.
2027 yil 1-iyundan jismoniy shaxslar notijorat maqsadlarda olib o‘tadigan tovarlar uchun yagona bojxona to‘lovi tegishli bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, mazkur yig‘imlar undirilmaydi.
Na prigranichnix tamojennix postax otkriti punkti vidachi razresheniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Chegara bojxona postlarida ruxsatnomalarni berish punktlari ochildi
Yangiliklar lentasi
0