Toshkent maktablarida "Birinchi qo‘ng‘iroq" qanday o‘tdi — video

Obuna bo‘lish
Toshkent maktablarida yangi o‘quv yili "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bilan boshlandi.
Toshkent maktablarida yangi o‘quv yili "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bilan boshlandi. O‘quvchilarni o‘qituvchilar va ota-onalar kutib oldi.
Poytaxtdagi maktablarda o‘tkazilgan bayram tadbirlarida birinchi sinf o‘quvchilari ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ydi, yuqori sinf o‘quvchilari esa yangi o‘quv yilini boshladi.
Bu yil O‘zbekistonda 795 ming nafardan ortiq bola birinchi sinfga qabul qilindi. Ularga prezident sovg‘asi — rukzak va 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat jamlanmalar topshirildi.
Respublikada jami 10 225 ta umumta’lim maktabi faoliyat yuritadi. Yangi o‘quv yilida ularda 6,7 milliondan ortiq o‘quvchi ta’lim oladi, 550 mingdan ziyod o‘qituvchi faoliyat yuritadi.
Toshkent maktablaridagi "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari va yangi o‘quv yilining ilk kuni — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0