https://oz.sputniknews.uz/20260826/uzbekistan-tajikistan-dori-ishlab-chiqarish-59979987.html
O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda dori ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda dori ishlab chiqarishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston dori-darmon ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologiya almashish va qo‘shma korxonalar tashkil etishni muhokama qildi. Hozir o‘zbek mahsulotlarining Tojikiston importidagi ulushi 3,3 foiz.
2026-08-26T15:11+0500
2026-08-26T15:11+0500
2026-08-26T15:19+0500
dori
farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
o‘zbekiston
tojikiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1a/59979816_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_5da78e1e51c33ebc75fb56b00c441a8f.jpg
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston dori vositalari hamda tibbiy uskunalarni birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, tomonlar aniq qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishdi.Masala Toshkentdagi O‘zbekiston–Tojikiston biznes forumida muhokama qilindi. Agentlik direktori Abdulla Azizov Tojikiston sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi o‘rinbosari Salomuddin Yusufiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.Forum doirasida ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida B2B uchrashuvlari o‘tkazildi. Ularda o‘zbek farmatsevtika mahsulotlarini Tojikiston bozoriga yetkazib berish va korxonalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish muhokama qilindi.Tojikiston delegatsiyasi "BioPharma City" klasteridagi ishlab chiqarish quvvatlari va infratuzilma bilan ham tanishdi. Ularga Farmatsevtika texnika universiteti qurilishi haqida ma’lumot berildi.Tojikiston 2025-yilda 99 million dollardan ortiq dori vositalari va tibbiy mahsulotlar import qilgan. Mamlakat Antimonopoliya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, importning 38,2 foizi Hindiston, 29,8 foizi Rossiya va 3,3 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260716/russia-uzbekistan-dori-ishlab-chiqarish-59071228.html
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1a/59979816_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_2aa6e0d3722aa1657b739eb3fb780974.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dori, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, o‘zbekiston, tojikiston, jamiyat
dori, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, o‘zbekiston, tojikiston, jamiyat
O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda dori ishlab chiqarishi mumkin
15:11 26.08.2026 (yangilandi: 15:19 26.08.2026) O‘zbekiston va Tojikiston dori vositalari hamda tibbiy uskunalarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishdi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston dori vositalari hamda tibbiy uskunalarni birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tomonlar aniq qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishdi.
Masala Toshkentdagi O‘zbekiston–Tojikiston biznes forumida muhokama qilindi. Agentlik direktori Abdulla Azizov Tojikiston sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi o‘rinbosari Salomuddin Yusufiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Tomonlar dori vositalari eksportini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologiyalar transferi, investitsiya loyihalari va qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Forum doirasida ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida B2B uchrashuvlari o‘tkazildi. Ularda o‘zbek farmatsevtika mahsulotlarini Tojikiston bozoriga yetkazib berish va korxonalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish muhokama qilindi.
Tojikiston delegatsiyasi "BioPharma City" klasteridagi ishlab chiqarish quvvatlari va infratuzilma bilan ham tanishdi. Ularga Farmatsevtika texnika universiteti qurilishi haqida ma’lumot berildi.
Tojikiston 2025-yilda 99 million dollardan ortiq dori vositalari va tibbiy mahsulotlar import qilgan. Mamlakat Antimonopoliya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, importning 38,2 foizi Hindiston, 29,8 foizi Rossiya va 3,3 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelgan.