O‘z yo‘nalishida Markaziy Osiyoda eng yirik: O‘zbekistonda energetika obyektlari ishga tushdi

© SS0 / Unsplash / Zbynek BurivalSolnechnie stansii, illyustrativnoe foto
Solnechnie stansii, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2026
Obuna bo‘lish
Sirdaryo, Navoiy, Qoraqalpog‘iston va Namanganda umumiy quvvati 2 423 MVt, qiymati 1,7 milliard dollarlik energetika obyektlari ishga tushirildi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekistonda umumiy quvvati 2 423 MVt bo‘lgan elektr stansiyalari va energiya saqlash tizimlari ishga tushirildi.
Energetika vaziri Sherzod Xodjayevning “O‘zbekiston 24” telekanaliga ma’lum qilishicha, ularning ayrimlari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik obyektlar hisoblanadi.
Loyihalar 25-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan, Mustaqillikning 35-yilligiga bag‘ishlangan marosimda foydalanishga topshirildi. Ularning umumiy qiymati 1,7 milliard dollarni tashkil etadi.
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 1 573 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.
900 million dollarlik obyekt yiliga 13 milliard kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 1,1 milliard kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Stansiyada 120 ta doimiy ish o‘rni yaratildi.
Navoiy viloyatining Nurota tumanida 300 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi va 150 MVtli energiya saqlash tizimi barpo etildi.
Xitoyning "China Energy Overseas Investment" kompaniyasi ishtirokidagi loyiha qiymati 390 million dollar. Majmua yiliga 657 million kVt·soat elektr ishlab chiqaradi va 175 million kub metr gazni tejaydi. Bu 273 ming xonadonning bir yillik iste’moliga teng.
Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida "ACWA Power" bilan hamkorlikda 200 MVtli shamol elektr stansiyasi va 100 MVtli energiya saqlash tizimi ishga tushirildi. 263 million dollarlik loyiha yiliga 701 million kVt·soat elektr ishlab chiqarib, 187 million kub metr gazni tejaydi.
Namangan viloyatining Uychi tumanida esa "China Energy Overseas Investment" tomonidan 110 million dollar evaziga qurilgan 100 MVtli energiya saqlash tizimi foydalanishga topshirildi.
S uchastiyem Shavkata Mirziyoyeva sostoyalas seremoniya vvoda v ekspluatatsiyu novix obyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2026
O‘zbekistonda 163 ta investitsiya loyihasi va ijtimoiy obyekt ishga tushirildi
Yangiliklar lentasi
0