https://oz.sputniknews.uz/20260826/uzbekistan-bashkortostan-toqimachilik-mahsulotlar-59981698.html
O‘zbekiston va Boshqirdiston to‘qimachilik mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqaradi
O‘zbekiston va Boshqirdiston to‘qimachilik mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqaradi
Sputnik O‘zbekiston
Boshqirdiston O‘zbekistonga texnik kanopning sinov partiyasini yetkazib beradi. Tomonlar ushbu xom ashyodan to‘qimachilik mahsulotlarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
2026-08-26T16:44+0500
2026-08-26T16:44+0500
2026-08-26T16:44+0500
toshkent viloyati
to‘qimachilik
boshqirdiston
hamkorlik
savdo
o‘zbekiston
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1a/59981520_0:69:746:489_1920x0_80_0_0_4a0faac14a86518ee618f25278ff5203.jpg
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Boshqirdiston O‘zbekistonga to‘qimachilik korxonalari uchun texnik kanopning sinov partiyasini yetkazib beradi. Bu haqda respublika tashqi iqtisodiy aloqalar va kongress faoliyati vaziri Margarita Bolicheva ma’lum qildi.Kelishuv Toshkent viloyatida o‘tkazilgan “Uzum sayli” xalqaro festivali doirasida To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari birlashmasi bilan o‘tkazilgan muzokaralarda erishildi.Tashrif davomida O‘zbekistonning yirik iste’mol tovarlari distribyutorlaridan biri bilan muzqaymoq, qadoqlangan baliq va o‘simlik yog‘ini katta hajmda yetkazib berish masalasi ham muhokama qilindi. O‘zbek kompaniyalari Boshqirdistonda ishlab chiqarilgan kurka go‘shti va sut mahsulotlariga qiziqish bildirgan.Shuningdek, Boshqirdiston asali, halol mahsulotlar va “Boshqirdiston mahsuloti” loyihasi ishtirokchilarining tovarlarini O‘zbekistonning yirik chakana savdo tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. O‘zbekistonning ichimlik ishlab chiqaruvchi kompaniyalari vakillari kuzda Boshqirdistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Tomonlar Boshqirdistondan shakar yetkazib berishni davom ettirish, o‘zbek kompaniyalarining shisha idishlar xaridi va respublikada arpa yetishtirishni tashkil etish imkoniyatlarini ham muhokama qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260803/tashkent-viloyat-bashkortostan-loyihalar-59461687.html
boshqirdiston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1a/59981520_1:0:746:559_1920x0_80_0_0_c19e412d1f99c6feb3da4eed2ad4ee1d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent viloyati, to‘qimachilik, boshqirdiston, hamkorlik, savdo, o‘zbekiston, iqtisod
toshkent viloyati, to‘qimachilik, boshqirdiston, hamkorlik, savdo, o‘zbekiston, iqtisod
O‘zbekiston va Boshqirdiston to‘qimachilik mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqaradi
Tomonlar texnik kanopning sinov partiyasini yetkazib berish va keyinchalik undan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga kelishdi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Boshqirdiston O‘zbekistonga to‘qimachilik korxonalari uchun texnik kanopning sinov partiyasini yetkazib beradi. Bu haqda respublika tashqi iqtisodiy aloqalar va kongress faoliyati vaziri Margarita Bolicheva
ma’lum qildi.
Kelishuv Toshkent viloyatida o‘tkazilgan “Uzum sayli” xalqaro festivali doirasida To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari birlashmasi bilan o‘tkazilgan muzokaralarda erishildi.
Dastlab matolarning sinov namunalarini tayyorlash uchun boshqird texnik kanopining kichik partiyasi yetkaziladi. Keyinchalik ushbu xom ashyo asosida to‘qimachilik mahsulotlarini birgalikda seriyali ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Tashrif davomida O‘zbekistonning yirik iste’mol tovarlari distribyutorlaridan biri bilan muzqaymoq, qadoqlangan baliq va o‘simlik yog‘ini katta hajmda yetkazib berish masalasi ham muhokama qilindi. O‘zbek kompaniyalari Boshqirdistonda ishlab chiqarilgan kurka go‘shti va sut mahsulotlariga qiziqish bildirgan.
Shuningdek, Boshqirdiston asali, halol mahsulotlar va “Boshqirdiston mahsuloti” loyihasi ishtirokchilarining tovarlarini O‘zbekistonning yirik chakana savdo tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonlik tadbirkorlar oktabrda ishlab chiqaruvchilar bilan tanishish va savdo-xarid sessiyasida qatnashish uchun Boshqirdistonga boradi.
O‘zbekistonning ichimlik ishlab chiqaruvchi kompaniyalari vakillari kuzda Boshqirdistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Tomonlar Boshqirdistondan shakar yetkazib berishni davom ettirish, o‘zbek kompaniyalarining shisha idishlar xaridi va respublikada arpa yetishtirishni tashkil etish imkoniyatlarini ham muhokama qildi.