Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Zaporojye va Sumi viloyatlarida 2 ta aholi punktini nazoratga oldi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovBronetransporter BTR-82A
Bronetransporter BTR-82A - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2026
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Rossiya armiyasi ayrim yo‘nalishlarda oldingi chiziq bo‘ylab o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining “Sharq” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Zaporojye viloyatidagi Nejenka aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Janglarda Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita zirhli jangovar mashinasi va uchta avtomobili yo‘q qilindi.
Shuningdek, “Shimol” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Sumi viloyatidagi Pisarevka aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi. Ukraina qo‘shinlari tank va 14 ta avtomobilni yo‘qotdi.
“G‘arb” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari yanada qulay marra va pozitsiyalarni egalladi. AQShda ishlab chiqarilgan ikkita HMMWV zirhli mashinasi, 17 ta pikap va radioelektron kurash stansiyasi yo‘q qilindi.
“Janubiy” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari oldingi marradagi vaziyatni yaxshiladi. Ukraina tomonining 25 ta avtomobili va to‘rtta dala artilleriya quroli yo‘q qilindi.
“Markaz” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga siljishni davom ettirdi. “Kazak” zirhli jangovar mashinasi, beshta avtomobil, artilleriya quroli va radiolokatsion stansiya yo‘q qilindi.
“Dnepr” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari esa 32 ta avtomobil, 122 millimetrli D-30 gaubitsasi va uchta radioelektron kurash stansiyasini yo‘q qildi.
Boyevoe slajivanie 7-y otdelnoy motostrelkovoy brigadi gruppirovki voysk Yug v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari maxsus operatsiya hududida yana uchta aholi punktini ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0