Mirziyoyev davlat mukofotlarini topshirib, o‘n yillik natijalarni sanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Uzbekistane 558 grajdan udostoyeni visokix gosudarstvennix nagrad
V Uzbekistane 558 grajdan udostoyeni visokix gosudarstvennix nagrad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2026
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan 558 nafar fidoyi insonni yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirladi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan bir guruh fuqarolarga davlat mukofotlarini topshirdi. Davlat rahbari yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, so‘nggi o‘n yilda mamlakatda erishilgan asosiy natijalarga to‘xtaldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu davrda O‘zbekistonga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kiritildi, iqtisodiyot hajmi 2,5 baravardan ziyod oshdi.
Joriy yilda yalpi ichki mahsulot 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.
Sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida 5 million 700 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 200 ming o‘rinli maktablar, 342 ming o‘rinli bog‘chalar hamda 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi.
Shuningdek, 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi va ichki yo‘llar qurildi hamda ta’mirlandi. Sakkiz million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetkazildi, yana 11,5 million kishining suv ta’minoti yaxshilandi.
O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi. Natijada kamida 2,5 million aholi uyli bo‘ldi.
Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan turli sohalarda sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Prezident har bir mukofotlangan insonning mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini yaxshi bilishini ta’kidladi.
S uchastiyem Shavkata Mirziyoyeva sostoyalas seremoniya vvoda v ekspluatatsiyu novix obyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2026
O‘zbekistonda 163 ta investitsiya loyihasi va ijtimoiy obyekt ishga tushirildi
Yangiliklar lentasi
0