https://oz.sputniknews.uz/20260826/kazakhstan-bolalar-ijtimoiy-tarmoq-taqiq-59980619.html
Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin
Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston parlamenti 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlashni ko‘rib chiqadi. Toqayev bolalar SIM-kartalarini majburiy joriy etishni ham topshirdi.
2026-08-26T15:57+0500
2026-08-26T15:57+0500
2026-08-26T15:57+0500
ijtimoiy tarmoq
qozog‘iston
qosim-jomart tokayev
bolalar
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/182/33/1823377_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_cfc8aa44741771702ea972ae2ad00f29.jpg
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlovchi qonun loyihasi parlamentga kiritildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev pedagoglarning avgust konferensiyasida ma’lum qildi.Davlat rahbari qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli platformalar, sun’iy intellekt va agressiv marketing bolalar dunyoqarashiga oila va maktabdan kam ta’sir ko‘rsatmayotganini ta’kidladi.Cheklov messenjerlarga tatbiq etilmaydi. Bolalarning avvaldan mavjud akkauntlari qanday tartibga solinishi va yoshni tekshirish mexanizmi hozircha to‘liq ochiqlanmagan.Toqayev hukumatga bolalar SIM-kartalarini majburiy joriy etishni kengaytirishni ham topshirdi. Bunday SIM-kartalar orqali bolaning yoshiga mos bo‘lmagan saytlar va zararli kontentga kirishni cheklash mumkin bo‘ladi.Bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan himoya qilish bo‘yicha cheklovlar boshqa davlatlarda ham kuchaymoqda. Avstraliya 2025-yil dekabrda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun yirik platformalarni taqiqlagan birinchi mamlakat bo‘ldi. Shundan so‘ng 4,7 millionga yaqin akkaunt yopildi.Indoneziyada ham 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning qator platformalarda akkauntga ega bo‘lishi bosqichma-bosqich taqiqlanmoqda.Yangi Zelandiya hukumati xuddi shunday qonun loyihasini parlamentga kiritishini e’lon qildi. Polsha 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun cheklov tayyorlamoqda. Fransiyada esa shunday qonun Konstitutsiyaviy kengash tomonidan shaxsiy hayot va so‘z erkinligiga doir kafolatlar yetarli emasligi sababli to‘xtatildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260424/norvegiya-16-yoshgacha-bolgan-bolalar-uchun-ijtimoiy-tarmoqlarni-taqiqlaydi-57125186.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/182/33/1823377_246:0:1371:844_1920x0_80_0_0_a8cd31a28534a6befefe814825899d30.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ijtimoiy tarmoq, qozog‘iston, qosim-jomart tokayev, bolalar, dunyoda, dunyo yangiliklari
ijtimoiy tarmoq, qozog‘iston, qosim-jomart tokayev, bolalar, dunyoda, dunyo yangiliklari
Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin
Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda yangi akkaunt ochishini taqiqlovchi qonun loyihasi parlamentga kiritildi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlovchi qonun loyihasi parlamentga kiritildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev pedagoglarning avgust konferensiyasida
ma’lum qildi.
Davlat rahbari qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli platformalar, sun’iy intellekt va agressiv marketing bolalar dunyoqarashiga oila va maktabdan kam ta’sir ko‘rsatmayotganini ta’kidladi.
Hujjat 16 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqlarda yangi akkaunt ochishni taqiqlashni nazarda tutadi.
Cheklov messenjerlarga tatbiq etilmaydi. Bolalarning avvaldan mavjud akkauntlari qanday tartibga solinishi va yoshni tekshirish mexanizmi hozircha to‘liq ochiqlanmagan.
Toqayev hukumatga bolalar SIM-kartalarini majburiy joriy etishni kengaytirishni ham topshirdi. Bunday SIM-kartalar orqali bolaning yoshiga mos bo‘lmagan saytlar va zararli kontentga kirishni cheklash mumkin bo‘ladi.
Bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan himoya qilish bo‘yicha cheklovlar boshqa davlatlarda ham kuchaymoqda. Avstraliya 2025-yil dekabrda 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun yirik platformalarni taqiqlagan birinchi mamlakat bo‘ldi. Shundan so‘ng 4,7 millionga yaqin akkaunt yopildi.
Indoneziyada ham 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning qator platformalarda akkauntga ega bo‘lishi bosqichma-bosqich taqiqlanmoqda.
Norvegiya hukumati bolalarning 16 yoshga to‘ladigan yilning 1-yanvaridan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklovchi qonun loyihasini 2026-yil oxirigacha parlamentga kiritmoqchi.
Yangi Zelandiya hukumati xuddi shunday qonun loyihasini parlamentga kiritishini e’lon qildi.
Polsha 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun cheklov tayyorlamoqda. Fransiyada esa shunday qonun Konstitutsiyaviy kengash tomonidan shaxsiy hayot va so‘z erkinligiga doir kafolatlar yetarli emasligi sababli to‘xtatildi.