Afrosiyob devoriy rasmlari va Katta Langar Qur’oni Dohada namoyish etiladi

© Sentr islamskoy sivilizatsiiRukopis Korana iz Katta Langara
Rukopis Korana iz Katta Langara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2026
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning yettita muzeyidan 36 ta noyob eksponat, jumladan, Afrosiyob devoriy rasmlari, qo‘lozmalar, milliy liboslar va zargarlik buyumlari namoyish etiladi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Qatar poytaxti Dohadagi Islom san’ati muzeyida 3-sentabr kuni “Uzbekistan: Heritage in Motion” ko‘rgazmasi ochiladi. U 28-noyabrgacha davom etadi, deb xabar berdi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.
Ekspozitsiyada O‘zbekistonning yettita yetakchi muzeyidan 36 ta noyob eksponat va kolleksiya namoyish etiladi. Ular orasida Afrosiyob devoriy rasmlari, Katta Langar Qur’oni, Sharqshunoslik institutining nodir qo‘lozmalari va Buxoro kulolchiligi namunalari bor.
Shuningdek, XIX–XX asrlarga oid milliy liboslar, zargarlik buyumlari, ipak matolar va an’anaviy hunarmandchilik asarlari ko‘rgazmadan o‘rin olgan.
Ko‘rgazma O‘zbekiston madaniy merosining islom tarqalishidan oldingi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan rivojini qamrab oladi. Bu so‘nggi 30-yil ichida mamlakat tarixini uning zamonaviy madaniy qiyofasi bilan bog‘liq holda taqdim etuvchi ilk xalqaro ko‘rgazma bo‘ladi.
Ekspozitsiya to‘rtta mavzuli bo‘limga ajratilgan. Ularda mintaqaning qadimiy tarixi va me’moriy merosi, islom sivilizatsiyasining ilmiy yutuqlari hamda an’anaviy hunarmandchilik rivoji aks ettiriladi.
Somoniylar va Temuriylar davri, shuningdek, O‘zbekistonning islom dunyosidagi ilm-fan, madaniyat va san’at markazlaridan biri sifatidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratiladi.
Ko‘rgazma doirasida ma’ruzalar, mahorat darslari, an’anaviy hunarmandchilik namoyishlari, ikat va ipak ishlab chiqarish jarayoniga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkaziladi.
Rassom Davlat Toshevning rezidentlik dasturi ham rejalashtirilgan. U 3–16 sentabr kunlari mahalliy ijodkorlar va tashrif buyuruvchilar uchun Sharq miniatura san’ati hamda “Abru-Bahor” texnikasi bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazadi.
O‘zbekistonda saqlanayotgan noyob Katta Langar Qur’oni haqida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2023
“Nodir qo‘lozma sirlari”: O‘zbekistonda saqlanayotgan Katta Langar Qur’oni haqida
Yangiliklar lentasi
0