YeOII davlatlarida sun’iy intellekt: loyihalar, natijalar va rejalar
YeOII davlatlarida sun’iy intellekt: loyihalar, natijalar va rejalar
Sputnik O‘zbekiston
YeOII davlatlari sun’iy intellekt sohasida qonunlar, superkompyuterlar va milliy til modellarini yaratmoqda. YeOTB sharhida beshta mamlakatning asosiy natijalari va rejalari jamlandi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. YeOII davlatlari sun’iy intellekt uchun hisoblash infratuzilmasini kengaytirib, milliy til modellari va davlat xizmatlari uchun sun’iy intellekt (SI) tizimlarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Raqamli tashabbuslar jamg‘armasi sharhida so‘z boradi.Rossiya. Mamlakat YeOTB ishtirokchilari orasida hukumatning SIga tayyorligi bo‘yicha yetakchi bo‘lib, jahonda 49-o‘rinni egallagan. Iqtisodiyot va davlat boshqaruvida SIdan foydalanish ikki yilda 1,5 barobar oshdi. Mamlakatda 2,5 mingdan ziyod mahalliy SI-yechim va 2 mingdan ortiq ishlab chiquvchi mavjud. SI bozori 2029-yilgacha 516 mlrd rublga yetishi kutilmoqda.Qozog‘iston. Mamlakatda Markaziy Osiyodagi eng qudratli Alem.Cloud superkompyuteri ishga tushirildi. U dunyodagi eng kuchli hisoblash tizimlari top-500 reytingida 86-o‘rinni egallaydi. 148 mlrd token asosida o‘qitilgan KazLLM milliy til modeli yaratildi. Davlatning SI platformasi 120 tadan ortiq ma’lumotlar bazasini birlashtirgan va uning negizida 50 tadan ziyod II-agent ishlab chiqilgan. SI-startaplarga venchur investitsiyalar 14 mln dollardan 73 mln dollargacha oshdi.Armaniston. "Firebird AI" kompaniyasi NVIDIA bilan hamkorlikda 500 mln dollarlik ma’lumotlar markazini qurmoqda. Loyihaning 4 mlrd dollarlik ikkinchi bosqichida 41 mingta NVIDIA GB300 grafik protsessorini o‘rnatish rejalashtirilgan. U amalga oshirilsa, Armaniston SI-klasterlari quvvati bo‘yicha jahonning kuchli beshligiga kirishi mumkin.Belarus. 2026-yilda SI to‘g‘risidagi milliy qonun va o‘nta standartni ishlab chiqish rejalashtirilgan. “Raqamli Belarus” dasturiga 112,6 mln dollar ajratilib, 2030-yilgacha katta ma’lumotlar va SIdan foydalanuvchi tashkilotlar ulushini 15 foizga yetkazish belgilangan. Tibbiyot, ta’lim, sanoat va kommunal sohada o‘nta pilot loyiha boshlangan.Qirg‘iziston. Raqamli kodeksda SI-tizimlarini xavf darajasiga qarab tartibga solish belgilandi. Davlat boshqaruvini katta ma’lumotlar asosida avtomatlashtirish hamda qirg‘iz tilidagi matnlarni tarjima va tahlil qiluvchi dastur yaratish rejalashtirilgan.
YeOII davlatlari sun’iy intellekt uchun hisoblash quvvatlarini yaratmoqda, milliy til modellarini ishlab chiqmoqda va texnologiyani davlat boshqaruviga joriy etmoqda.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. YeOII davlatlari sun’iy intellekt uchun hisoblash infratuzilmasini kengaytirib, milliy til modellari va davlat xizmatlari uchun sun’iy intellekt (SI) tizimlarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Raqamli tashabbuslar jamg‘armasi sharhida so‘z boradi.
Rossiya. Mamlakat YeOTB ishtirokchilari orasida hukumatning SIga tayyorligi bo‘yicha yetakchi bo‘lib, jahonda 49-o‘rinni egallagan. Iqtisodiyot va davlat boshqaruvida SIdan foydalanish ikki yilda 1,5 barobar oshdi. Mamlakatda 2,5 mingdan ziyod mahalliy SI-yechim va 2 mingdan ortiq ishlab chiquvchi mavjud. SI bozori 2029-yilgacha 516 mlrd rublga yetishi kutilmoqda.
Qozog‘iston. Mamlakatda Markaziy Osiyodagi eng qudratli Alem.Cloud superkompyuteri ishga tushirildi. U dunyodagi eng kuchli hisoblash tizimlari top-500 reytingida 86-o‘rinni egallaydi. 148 mlrd token asosida o‘qitilgan KazLLM milliy til modeli yaratildi.
Davlatning SI platformasi 120 tadan ortiq ma’lumotlar bazasini birlashtirgan va uning negizida 50 tadan ziyod II-agent ishlab chiqilgan. SI-startaplarga venchur investitsiyalar 14 mln dollardan 73 mln dollargacha oshdi.
Armaniston. "Firebird AI" kompaniyasi NVIDIA bilan hamkorlikda 500 mln dollarlik ma’lumotlar markazini qurmoqda. Loyihaning 4 mlrd dollarlik ikkinchi bosqichida 41 mingta NVIDIA GB300 grafik protsessorini o‘rnatish rejalashtirilgan. U amalga oshirilsa, Armaniston SI-klasterlari quvvati bo‘yicha jahonning kuchli beshligiga kirishi mumkin.
Belarus. 2026-yilda SI to‘g‘risidagi milliy qonun va o‘nta standartni ishlab chiqish rejalashtirilgan. “Raqamli Belarus” dasturiga 112,6 mln dollar ajratilib, 2030-yilgacha katta ma’lumotlar va SIdan foydalanuvchi tashkilotlar ulushini 15 foizga yetkazish belgilangan. Tibbiyot, ta’lim, sanoat va kommunal sohada o‘nta pilot loyiha boshlangan.
Qirg‘iziston. Raqamli kodeksda SI-tizimlarini xavf darajasiga qarab tartibga solish belgilandi. Davlat boshqaruvini katta ma’lumotlar asosida avtomatlashtirish hamda qirg‘iz tilidagi matnlarni tarjima va tahlil qiluvchi dastur yaratish rejalashtirilgan.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.