O‘zbekistonda bank o‘tkazmalarini telefon raqami orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi

© Unsplash / Luis VillasmilMobilniy telefon v ruke mujchini
Mobilniy telefon v ruke mujchini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2026
Obuna bo‘lish
Mablag‘ Markaziy bankning Tezkor to‘lovlar tizimi orqali o‘tkaziladi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 26-noyabrdan jismoniy shaxslar o‘rtasida bank o‘tkazmalarini mobil telefon raqami orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Markaziy bankning tegishli qarori Adliya vazirligida 3930-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yangi tartib kartadan kartaga odatiy pul o‘tkazmalaridan farq qiladi. Unda foydalanuvchining mobil telefon raqami plastik kartaga emas, bevosita bank hisobvarag‘iga bog‘lanadi.
Shu tariqa mablag‘ bir shaxsning hisobvarag‘idan boshqasining hisobvarag‘iga Markaziy bankning Tezkor to‘lovlar tizimi orqali o‘tkaziladi.
Pul yuborish uchun oluvchining karta raqami yoki bank hisobvarag‘i rekvizitlarini kiritish shart emas. Uning telefon raqami yoki tizimda shakllantirilgan maxsus “bog‘lash kodi”ni ko‘rsatish kifoya.
Bir bank doirasida bitta telefon raqamini faqat bitta hisobvaraqqa bog‘lash mumkin. Ayni raqam turli banklardagi hisobvaraqlarga biriktirilgan bo‘lsa, pul jo‘natuvchi mablag‘ qaysi bankka o‘tkazilishini o‘zi tanlaydi.
Operatsiyani tasdiqlashdan oldin mobil ilovada oluvchining F.I.O., unga xizmat ko‘rsatuvchi bank va vositachilik haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bu mablag‘ni adashib boshqa shaxsga yoki kerakli bo‘lmagan bankdagi hisobvaraqqa yuborish xavfini kamaytiradi.
Mobil ilova orqali o‘tkazmalar dam olish va bayram kunlarida ham 24/7 rejimida, real vaqtda bajariladi. Bankka bevosita murojaat qilinganda esa operatsiyalar uning ish kunlari va ish vaqtida amalga oshiriladi.
Foydalanuvchi telefon raqamini hisobvarag‘idan istalgan vaqtda uzishi mumkin. Mobil ilovada yangi raqam ro‘yxatdan o‘tkazilsa, avvalgi telefon raqami avtomatik ravishda yangisiga almashtiriladi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey po resheniyu problemnix voprosov predprinimateley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2026
Komissiyasiz o‘tkazma, soliq imtiyozlari va keshbek: prezidentga yangi takliflar taqdim etildi
Yangiliklar lentasi
0