Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishidagi qiyinchiliklar va yechimlar ochiqlandi

© IA Kabar Proyekt mosta cherez reku Urumbashi na jeleznoy doroge Kitay — Kirgizstan — Uzbekistan
Proyekt mosta cherez reku Urumbashi na jeleznoy doroge Kitay — Kirgizstan — Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2026
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lining 26 ta tonneli va 40 ta ko‘prigida qurilish ishlari davom etmoqda.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi transport aloqalari uchun strategik ahamiyatga ega. Bu haqda China Railway International kompaniyasi loyiha rahbari Manas shahridagi press-turida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "Kabar" axborot agentligi.
Temir yo‘l Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Qashqardan boshlanib, Torugart dovoni orqali Qirg‘izistonga kiradi va Manas shahri orqali g‘arbga yo‘nalib, Andijonda tugaydi.
Xitoy o‘z hududidagi qismni qurishga, O‘zbekiston esa mamlakatdagi uchastkani modernizatsiya qilishga mas’ul.
Qirg‘izistondagi yo‘lni moliyalashtirish, qurish va undan foydalanishni uch davlat ta’sis etgan "Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li" kompaniyasi amalga oshiradi.
Qirg‘izistondagi uchastkaning uzunligi 304,84 km bo‘lib, u dizel tortish kuchiga mo‘ljallangan bir izli temir yo‘l bo‘ladi. Keyinchalik uni elektrlashtirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Poyezdlarning loyihaviy tezligi soatiga 120 km ni tashkil etadi.
Ushbu yo‘nalishda Moldotoo, Xaylebayt va Farg‘ona tog‘ tizmalari orqali o‘tib, Arpa, Jamandavan va Kichi-Alt darolari kabi ko‘plab suv yo‘llarini kesib o‘tadi.
Qurilish hududi baland tog‘lar, past harorat, kuchli shamol, yuqori seysmiklik, geologik bosim va abadiy muzliklar bilan ajralib turadi. Transport imkoniyatlarining cheklangani, qurilish resurslari tanqisligi va uzoq qish mavsumi ham ishlarni murakkablashtirmoqda.

Ayni paytda rejalashtirilgan 29 ta tunneldan 26 tasida qurilish boshlangan, bittasi to‘liq ochilgan. Shuningdek, 50 ta ko‘prikdan 40 tasida, yo‘l poyining 107 ta uchastkasidan 83 tasida ishlar davom etmoqda.

Yo‘nalishdagi yirik inshootlardan biri — Urumbashi darosi ustida qurilayotgan 505 metrlik ko‘prik. Hozir uning balandligi 56 va 52 metr bo‘lgan ikkita asosiy tayanchi qurilgan.
Mutaxassislar 1435 va 1520 mm lik ikki xil temir yo‘l izi standartlarini uyg‘unlashtirish, abadiy muzlik va beqaror tog‘ jinslari sharoitida tonnel, ko‘prik va yo‘l poyini qurish uchun maxsus texnologik yechimlarni qo‘llamoqda.
VIII Kirgizsko-Rossiyskogo ekonomicheskogo forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeIK Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lini ustuvor loyiha deb atadi
Yangiliklar lentasi
0