Mijoz ariza beradi, banklar kredit berish uchun raqobatlashadi — MB yangi tizim yaratdi

© SputnikRukovoditel Departamenta po fintexnologiyam, sifrovizatsii i II Apparata Prezidenta Bobur Xodjayev
Rukovoditel Departamenta po fintexnologiyam, sifrovizatsii i II Apparata Prezidenta Bobur Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2026
Obuna bo‘lish
Yangi platformada sun’iy intellekt mijozni baholaydi, tijorat banklari esa unga kredit taklif qilish uchun o‘zaro raqobatlashadi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Markaziy bank sun’iy intellekt asosidagi skoringdan foydalanadigan kredit platformasini yaratdi. Qarz oluvchi unga ariza yuboradi, tijorat banklari esa kredit taklif qilish uchun o‘zaro raqobatlashadi.
Bu haqda Toshkentdagi "Silk Road Finance & Technology Forum" doirasida O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt departamenti rahbari Bobur Xo‘jayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"O‘ylaymanki, platforma ishga tushib, muvaffaqiyatli faoliyat yurita boshlagach, u xususiylashtiriladi", — dedi u.
Xo‘jayevning ta’kidlashicha, xususiy kapital muhim o‘rin tutsa-da, hukumat va Markaziy bank ham yangi moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. U bunga Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan va keyinchalik xususiylashtirilgan Humo to‘lov tizimini misol qilib keltirdi.
"Aslida, biz xususiy moliyalashtirishni safarbar qiladigan yangi platformalar va kompaniyalar yaratmoqdamiz", — dedi Xo‘jayev.
Xo‘jayevning aytishicha, O‘zbekistonda 2030-yilgacha fintex (moliyaviy xizmatlarni zamonaviy texnologiyalar asosida yaratish va taqdim etish sohasi) startaplari sonini ikki baravar oshirish va sohaga 1 milliard dollar sarmoya jalb etish rejalashtirilgan.
Uning fikricha, bu maqsadlarga erishish mumkin, chunki o‘tgan yilning o‘zida O‘zbekiston fintex startaplariga 200 million dollardan ortiq venchur sarmoya kiritilgan.

"Jozibador sarmoyaviy muhitni ta’minlash va regulyatorimiz bilan birga tartibga solish tizimini takomillashtirish orqali fintech kompaniyalarining ehtiyojlariga mos qoidalarni joriy etamiz. O‘ylaymanki, bularning barchasi O‘zbekistonda fintex ekotizimi uchun yanada qulay muhit yaratadi", — dedi Xo‘jayev.

U O‘zbekistonda jonli va innovatsion fintex ekotizimi shakllanganini ta’kidladi. O‘tgan yili katta yoshli aholining 70 foizdan ortig‘i raqamli to‘lovlardan foydalangan.
Mamlakatda "Uzcard" va "Humo" to‘lov tizimlari o‘z tarmoqlari atrofida alohida fintex ekotizimlarini rivojlantirmoqda.

"Uzcard" sun’iy intellekt, kredit skoringi, firibgarlikka qarshi tizimlar va maslahat xizmatlariga e’tibor qaratib, tijorat banklari bilan hamkorlik qilmoqda. "Humo" esa kriptovalyuta yo‘nalishida faoliyat yuritib, tokenlar chiqargan va O‘zbekistondagi dastlabki steyblkoinlarni yaratish ustida ishlamoqda.

V Uzbekistane pomimo HUMO i Uzcard gotovitsya blokcheyn-platejnaya sistema - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
O‘zbekistonda "Humo" va "Uzcard"dan tashqari blokcheyn to‘lov tizimi tayyorlanmoqda
Yangiliklar lentasi
0