Surxondaryoda opiy va gashish savdosi bilan bog‘liq to‘rt kishi ushlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovV naruchnikax
V naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2026
Obuna bo‘lish
Surxondaryoda o‘tkazilgan uchta tezkor tadbirda 3 kg dan ortiq opiy va gashish musodara qilinib, to‘rt kishi ushlandi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXX, Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari tomonidan jami 3 kg dan ortiq opiy va gashish musodara qilindi.
Denov tumanida 1980-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan shaxsning uyi ko‘zdan kechirildi. U yerdan sotish maqsadida saqlanayotgan 1 kg 7 gramm opiy va 998 gramm gashish topildi.
Tumandagi boshqa tezkor tadbirda 1986 va 1966-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro 491 gramm gashishni shartli xaridorga 85 mln so‘mga sotayotgan vaqtda ushlandi. Ularning har ikkisi ham avval giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan.
Yana bir holat Termiz shahrida qayd etildi. Afg‘onistonning 2003-yilda tug‘ilgan fuqarosi “Termiz xalqaro savdo markazi” hududida 506 gramm opiyni shartli xaridorga 2,5 ming dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
DXX ma’lumotiga ko‘ra, u giyohvandlik vositasini Afg‘onistondan yashirincha olib o‘tishda o‘z tanasidan “jonli konteyner” sifatida foydalangan.
Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Arestovanniy v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2026
Toshkentda narkotik tarqatgan uch nafar Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi
Yangiliklar lentasi
0