Xabarovsk o‘lkasi O‘zbekistonda qo‘shma ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish niyatida
Obuna bo‘lish
2024 yildan beri Xabarovsk o‘lkasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdoning o‘sishi 40 foizga oshdi.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi O‘zbekistonda mahalliy kompaniyalar bilan birga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘lka gubernatori Dmitriy Demeshin O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri – O‘zbekistonda mahalliy kompaniyalar bilan birgalikda ishlab chiqarishni ishga tushirish. Bu eksportchilarimizning ushbu bozorda ishlashini osonlashtiradi. Hozir hamkorlikka tayyor bo‘lgan korxonalarni izlamoqdamiz”, - dedi Demeshin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yildan beri Xabarovsk o‘lkasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdoning o‘sishi 40 foizga oshdi. O‘lka eksportchilari ikki yil ichida O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan mahsulotlar hajmini 4 baravarga oshirdi, O‘zbekiston mahsulotlarining import hajmi esa 2,8 baravarga ko‘paydi.
“Bu yaxshi sur’at, raqamli savdo maydonchalari rivojlanishi bilan u yanada o‘sishiga ishonchim komil”, - deya qayd etdi o‘lka gubernatori.
Demeshinning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Markaziy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab bergan.
Bu sohada Xabarovsk o‘lkasi savdo va iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni davom ettirib, yetakchi o‘rinlarni egallash niyatida.
Shuningdek, gubernator O‘zbekistonning Vladivostokdagi yangi bosh konsuli Hojiakbar Vahobovni qutladi va qo‘shma ishlar nafaqat tovar ayirboshlash hajmini oshirish, balki fuqarolar manfaati yo‘lida infratuzilma va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishga imkon berishiga ishonch bildirdi.