“Bu bilimlarni o‘z ishimda albatta qo‘llayman”: Moskvada navbatdagi SputnikPro bo‘lib o‘tdi
“Bu bilimlarni o‘z ishimda albatta qo‘llayman”: Moskvada navbatdagi SputnikPro bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Kursdagi asosiy mavzulardan biri sun’iy intellekt bilan ishlash bo‘ldi, ishtirokchilar bu mavzuga bag‘ishlangan ma’ruzalar haqiqatan ham qiziqarli bo‘lganini... 21.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Moskvada “Zubovskiyda SputnikPro” ("SputnikPro na Zubovskom") loyihasining 14-moduli yakunlandi. Bu yil davomidagi ikkinchi dastur bo‘ldi va unda Abxaziya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan kelgan jurnalistlar, blogerlar va SMM va PR mutaxassislari qatnashdi.Besh kun davomida – 17-avgustdan 21-avgustgacha – agentlikning yetakchi xodimlari ma’ruza qilishdi va zamonaviy media sanoatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslarini o‘tishdi. Ular, jumladan, zamonaviy radioning ichki tomoni, yangiliklarni yozish jarayoni hamda harbiy muxbir ishlariga bag‘ishlandi.Kursdagi asosiy mavzulardan biri sun’iy intellekt bilan ishlash bo‘ldi. Ishtirokchilarga sun’iy intellekt bilan ishlashning asosiy usullari va uslublari, shuningdek, uni kundalik vazifalarda maksimal darajada foydali qo‘llash haqida ma’lumot berildi.Ishtirokchilar bu mavzuga bag‘ishlangan ma’ruzalar haqiqatan ham qiziqarli bo‘lganini ta’kidladi: hatto tanish mavzular ham ular uchun yangi nuqtayi nazardan taqdim etildi.“Masalan, men haqiqiy fotosuratni sun’iy intellektnikidan farqlashni o‘rgandim. Ba’zida menda shunday savol tug‘ilardi. Shuningdek, bizga matnlarga to‘g‘ri sarlavha qo‘yishni o‘rgatishdi - bu bilimlarni o‘z ishimda albatta qo‘llayman”, - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi qozog‘istonlik ishtirokchi Aydana Nagiyeva.Kurs davomida ishtirokchilar virtual studiyada bo‘lishdi va video bilan ishlash sirlarini o‘rganishdi: viral roliklarni qanday to‘g‘ri videoga olish, montaj qilish va yaratish mumkinligi.Modul ishtirokchilarining ta’kidlashicha, Sputnik Pro’ning asosiy o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, olingan bilimlarni nafaqat jurnalist sifatida ishlashda, balki umuman turli sohalarda - blog yuritish, shaxsiy brendni ilgari surish kabi sohalarda qo‘llash mumkin.Albatta, Sputnik Pro – bu nafaqat yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish, balki do‘stlar orttirish va yangi joylarni kashf etish imkoniyati. Ishtirokchilarning ko‘pchiligi Moskvaga ilk bor keldi.“Dasturimiz moslashuvchan bo‘lgani uchun omadimiz keldi. Darslarda ko‘p narsalarni o‘rganishimiz mumkin, mashg‘ulotlardan so‘ng esa foydali ish bilan shug‘ullanish uchun ko‘p bo‘sh vaqt mavjud. Masalan, kecha biz Moskvaning diqqatga sazovor joylarini o‘rgandik”, - deya Sputnik bilan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi abxaziyalik Milena Snyatovskaya.Dasturning oxirgi kunida barcha ishtirokchilar besh kun davomida yaratgan o‘z loyihalarini taqdim etishdi. Kurs yakunida ularga diplom topshirildi.Eslatib o‘tamiz, “Zubovskiyda SputnikPro” – MDH mamlakatlari jurnalistlari uchun yaqin xorijiy va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi multimedia markazlari direksiyasining loyihasi. 2023-yildan buyon unda 11 ta mamlakatdan 168 nafar jurnalist ishtirok etdi. Joriy yilda yaqin xorij mamlakatlaridan yana 24 nafar OAV vakili agentlik faoliyati bilan tanishib, kasbiy mahoratini oshirishi mumkin bo‘ladi. Oldinda sentabr va oktabrdagi dasturlar turibdi.
Kursdagi asosiy mavzulardan biri sun’iy intellekt bilan ishlash bo‘ldi, ishtirokchilar bu mavzuga bag‘ishlangan ma’ruzalar haqiqatan ham qiziqarli bo‘lganini ta’kidladi.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Moskvada “Zubovskiyda SputnikPro” ("SputnikPro na Zubovskom") loyihasining 14-moduli yakunlandi. Bu yil davomidagi ikkinchi dastur bo‘ldi va unda Abxaziya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan kelgan jurnalistlar, blogerlar va SMM va PR mutaxassislari qatnashdi.
Besh kun davomida – 17-avgustdan 21-avgustgacha – agentlikning yetakchi xodimlari ma’ruza qilishdi va zamonaviy media sanoatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslarini o‘tishdi. Ular, jumladan, zamonaviy radioning ichki tomoni, yangiliklarni yozish jarayoni hamda harbiy muxbir ishlariga bag‘ishlandi.
V Moskve zavershilsya 14-y modul proyekta "Sputnik Pro na Zubovskom".
Kursdagi asosiy mavzulardan biri sun’iy intellekt bilan ishlash bo‘ldi. Ishtirokchilarga sun’iy intellekt bilan ishlashning asosiy usullari va uslublari, shuningdek, uni kundalik vazifalarda maksimal darajada foydali qo‘llash haqida ma’lumot berildi.
“Sun’iy intellektga kelsak, biz ko‘p narsalarni uzoq vaqtdan beri amalda qo‘llaymiz. Ammo ular ko‘proq texnik, yordamchi xususiyatga ega. Albatta, sun’iy intellekt zimmasiga biz uchun qisqa xabar va yangiliklar yozish vazifasini yuklamaymiz, shunga qaramay, u “rasshifrovka”, tarjima, titrlash, montaj qilishda qo‘llaniladi”, - dedi “Rossiya segodnya” media guruhi bosh muharririning o‘rinbosari Andrey Blagodirenko modul ochilishida.
Ishtirokchilar bu mavzuga bag‘ishlangan ma’ruzalar haqiqatan ham qiziqarli bo‘lganini ta’kidladi: hatto tanish mavzular ham ular uchun yangi nuqtayi nazardan taqdim etildi.
“Masalan, men haqiqiy fotosuratni sun’iy intellektnikidan farqlashni o‘rgandim. Ba’zida menda shunday savol tug‘ilardi. Shuningdek, bizga matnlarga to‘g‘ri sarlavha qo‘yishni o‘rgatishdi - bu bilimlarni o‘z ishimda albatta qo‘llayman”, - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi qozog‘istonlik ishtirokchi Aydana Nagiyeva.
Kurs davomida ishtirokchilar virtual studiyada bo‘lishdi va video bilan ishlash sirlarini o‘rganishdi: viral roliklarni qanday to‘g‘ri videoga olish, montaj qilish va yaratish mumkinligi.
Yelena Zagorodnyaya - nachalnik upravleniya po proizvodstvu kontenta Sputnik v stranax blijnego zarubejya i Baltii
“Bugungi kunda videotasvirga olishning zamonaviy formatlari barcha mavzularni yoritishga imkon beradi - bu intervyu ham, qisqa videoizohlar ham formatlari. Biz ular yordamida asosiy fikrni yetkazmoqchi bo‘lgan “multfilm” hikoyalarini yaratamiz”, - dedi Sputnikning MDH va Boltiqbo‘yi davlatlaridagi kontent ishlab chiqarish bo‘limi rahbari Yelena Zagorodnyaya.
Modul ishtirokchilarining ta’kidlashicha, Sputnik Pro’ning asosiy o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, olingan bilimlarni nafaqat jurnalist sifatida ishlashda, balki umuman turli sohalarda - blog yuritish, shaxsiy brendni ilgari surish kabi sohalarda qo‘llash mumkin.
V Moskve zavershilsya 14-y modul proyekta "Sputnik Pro na Zubovskom".
“Menimcha, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarsiz biron bir kasbda ishlashning imkoni yo‘q. Yangi bilimlar – bu SMM mutaxassisisiz o‘zingizni, shaxsiy brendingizni targ‘ib qilishning ajoyib imkoniyat”, - deydi O‘zbekistondan kelgan ishtirokchi Sevara O‘rolova.
Albatta, Sputnik Pro – bu nafaqat yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish, balki do‘stlar orttirish va yangi joylarni kashf etish imkoniyati. Ishtirokchilarning ko‘pchiligi Moskvaga ilk bor keldi.
“Dasturimiz moslashuvchan bo‘lgani uchun omadimiz keldi. Darslarda ko‘p narsalarni o‘rganishimiz mumkin, mashg‘ulotlardan so‘ng esa foydali ish bilan shug‘ullanish uchun ko‘p bo‘sh vaqt mavjud. Masalan, kecha biz Moskvaning diqqatga sazovor joylarini o‘rgandik”, - deya Sputnik bilan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi abxaziyalik Milena Snyatovskaya.
Dasturning oxirgi kunida barcha ishtirokchilar besh kun davomida yaratgan o‘z loyihalarini taqdim etishdi. Kurs yakunida ularga diplom topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, “Zubovskiyda SputnikPro” – MDH mamlakatlari jurnalistlari uchun yaqin xorijiy va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi multimedia markazlari direksiyasining loyihasi. 2023-yildan buyon unda 11 ta mamlakatdan 168 nafar jurnalist ishtirok etdi. Joriy yilda yaqin xorij mamlakatlaridan yana 24 nafar OAV vakili agentlik faoliyati bilan tanishib, kasbiy mahoratini oshirishi mumkin bo‘ladi. Oldinda sentabr va oktabrdagi dasturlar turibdi.
SputnikPRO
SputnikPRO - Sputnik axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan media sohasidagi xalqaro ma’rifiy loyiha. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurs talabalari uchun Rossiya va xorijdagi eng yaxshi media-menejerlar, ekspertlar hamda agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslarining noyob tizimidir.