Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Peskov Kiyevning “Qizaloq va Maymoq” multfilmga qarshi sanksiyalariga munosabat bildirdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishDmitriy Peskov
Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2026
Obuna bo‘lish
Kreml vakili Ukrainaning multfilmlar bilan ham urush boshlagani uning yaramasligini yana bir bor ko‘rsatganini ta’kidladi.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Ukrainaning Rossiyaning “Qizaloq va Maymoq” (“Masha i Medved”) multseriali yaratuvchilariga qarshi sanksiya qo‘llash qarori Kiyev rejimining yaramasligini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Ukrainaning multfilmlar bilan ham urush boshlagani, ehtimol, Kiyev rejimining yaramasligini yana bir bor ko‘rsatapti”, - dedi Kreml vakili.

Shuningdek, u rus multfilmlari o‘zining ezguligi va insonparvarligi bilan butun dunyoni zabt etib, eng yaxshi insoniy fazilatlarni namoyon etganini ta’kidladi.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy “Qizaloq va Maymoq” multiki ijodkorlariga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi. Multfilm “Ukraina milliy xavfsizligiga tahdid” deb atalgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova kinoya bilan Kiyev rejimi multfilm ijodkorlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash frontdagi vaziyatni o‘zgartira oladi deb hisoblashini ma’lum qildi.
“Qizaloq va Maymoq” – rus xalq ertagi asosida yaratilgan multfilm. U qizaloq Masha va sobiq sirk artisti – ayiqning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Serial YouTube tarixidagi eng mashhur loyihalardan biriga aylangan va eng ko‘p ko‘rilgan multfilm sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Ukrainskiy dron - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
UQK Rossiyada Starlink ishlamasligi unga qiyinchilik tug‘dirayotganidan shikoyat qildi
Yangiliklar lentasi
0