AQSh ittifoqchilari Vashington ularni himoya qila olishiga ishonmaydi – OAV

© AP Photo / Hubert Delany IIIAmerikanskie voyennie, otpravlyayushiyesya v rayon operatsiy Sentralnogo komandovaniya SShA iz Fort-Bregg, Severnaya Karolina
Amerikanskie voyennie, otpravlyayushiyesya v rayon operatsiy Sentralnogo komandovaniya SShA iz Fort-Bregg, Severnaya Karolina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2026
Obuna bo‘lish
WSJ gazetasining yozishicha, Eronga qarshi harbiy operatsiya ittifoqchi mamlakatlarga Qo‘shma Shtatlarning “qattiq kuchi cheklanganini” ko‘rsatgan.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. AQSh ittifoqchilari Eron bilan urush davomida Amerika qurol-yarog‘ zaxiralari tugab borayotgan bir paytda Vashingtonning ularni himoya qilish qobiliyatiga tobora ko‘proq shubha bilan qarashmoqda, deya yozadi “The Wall Street Journal”.

“Hokimiyatga prezident Tramp qaytganidan buyon AQSh ittifoqchilari Vashingtonning niyatlaridan xavotirda. Endi, Eronga qarshi aniq natijaga olib kelmagan urush Amerika qurol-yarog‘ zaxiralarini tugatib, Amerikaning qattiq kuchining chegaralarini ko‘rsatgandan so‘ng, ularni Vashingtonning imkoniyatlari ham xavotirga solmoqda”, - deyiladi maqolada.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tutib oluvchi raketalarning yetishmasligi hamda AQShning bir vaqtning o‘zida Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyoda jangovar harakatlar olib borish qobiliyati alohida xavotir uyg‘otmoqda.

Gazetaning yozishicha, Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSh urushdan oldingi tutub oluvchi raketalar zaxirasining yarmini, jumladan, “Patriot” va THAAD tizimlari uchun raketalarni ham ishlatib bo‘lgan. Bundan tashqari, uzoq masofali “Tomahawk” va JASSM raketalari zaxirasining taxminan uchdan bir qismi ham ishlatilgan.
Shu bilan birga, Oq uy qurol-yarog‘ yetishmasligi haqidagi xabarlarni rad etmoqda. Pentagon ham o‘q-dorilar taqchilligi haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va Amerika qurolli kuchlari barcha zarur narsalar bilan ta’minlanganini ma’lum qilgan.
Tramp soobshil, chto yego predstaviteli napravlyayutsya v Islamabad dlya peregovorov po Iranu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2026
Ular o‘zimizga ham kerak - Tramp Zelenskiyga raketalar bermadi
Yangiliklar lentasi
0