Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Armaniston besh yillik hukumat dasturida YeOII bilan hamkorlikni ustuvor deb belgiladi

© Sputnik / Asatur YesayantsPremyer-ministr Nikol Pashinyan vo vremya press-konferensii (22 maya 2023). Yerevan
Premyer-ministr Nikol Pashinyan vo vremya press-konferensii (22 maya 2023). Yerevan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2026
Obuna bo‘lish
Yerevan YeOIIda tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatini ta’minlashni davom ettirmoqchi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Armaniston hukumati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida samarali hamkorlikni rivojlantirishni 2026–2031 yillarga mo‘ljallangan yangi dasturining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Dasturda YeOII to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan mexanizmlarni samarali qo‘llash ittifoqning kelajagi va yanada rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan.
Yerevan YeOIIning asosiy tamoyillari — tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatini to‘liq hamda uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqchi. Shuningdek, ittifoqqa a’zo va kuzatuvchi davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish rejalashtirilgan.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 7-avgust kuni YeOII mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash respublika uchun tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy ustuvorlik bo‘lib qolayotganini bildirgan edi. U mazkur yondashuv yangi hukumat dasturida ham aks etishini aytgan.
Pashinyan keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda Armaniston YeOII davlatlaridan qariyb 5 mlrd dollarlik tovar import qilgan, ittifoq bozoriga eksport esa 3,2 mlrd dollarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, Armaniston 2025-yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risida qonun qabul qilgan edi. Biroq Pashinyan bu hujjat YeIga rasmiy ariza berilganini anglatmasligi, hozircha YeOII va YeI o‘rtasida tanlov qilish uchun asos yo‘qligini ta’kidlagan.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Sovmestnoe fotografirovanie pered sammitom YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2026
O‘zbekiston va YeOII
Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashida Armaniston masalasi ko‘rib chiqiladi
Yangiliklar lentasi
0