https://oz.sputniknews.uz/20260819/uzbekistan-iran-muhokama-59801144.html
O‘zbekiston va Eron savdo hamda transport aloqalarini kengaytirishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Eron savdo hamda transport aloqalarini kengaytirishni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Eron vakillari savdo hajmini oshirish, mahsulotlar turini kengaytirish, transport-tranzit yo‘nalishlarini samarali ishlatish va yuk tashishni ko‘paytirish masalalarini muhokama qildi.
2026-08-19T12:22+0500
2026-08-19T12:22+0500
2026-08-19T12:33+0500
tashrif
o‘zbekiston tiv
siyosat
diplomatiya
tehron
transport
hamkorlik
investitsiya
eron
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/13/59800979_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_47ee6dd72993d043b4daba6787995a26.jpg
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. 18-avgust kuni Tehronda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Eron birinchi vitse-prezidentining o‘rinbosari Ali Najafiy Xo‘shrudi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, muntazam siyosiy muloqotni davom ettirish va ikki mamlakat davlat idoralari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.Avvalroq Bahromjon A’loyev Eron tashqi ishlar vazirining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Hamid Qanbariy bilan muzokara o‘tkazgan edi.Unda o‘zaro savdo hajmini oshirish, yetkazib beriladigan mahsulotlar turini kengaytirish, investitsiyaviy aloqalar va biznes vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, amaldagi transport yo‘nalishlari samaradorligini oshirish va O‘zbekiston hamda Eron o‘rtasida yuk tashish hajmini ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260818/uzbekistan-iran-hamkorlik-muhokama-59766612.html
tehron
eron
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/13/59800979_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_ab4bdd1e7058541f9b50dbdf07ba6076.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tashrif, o‘zbekiston tiv, siyosat, diplomatiya, tehron, transport, hamkorlik, investitsiya, eron, iqtisod, o‘zbekiston
tashrif, o‘zbekiston tiv, siyosat, diplomatiya, tehron, transport, hamkorlik, investitsiya, eron, iqtisod, o‘zbekiston
O‘zbekiston va Eron savdo hamda transport aloqalarini kengaytirishni muhokama qildi
12:22 19.08.2026 (yangilandi: 12:33 19.08.2026) Tehronda o‘zaro savdoni oshirish, yuk tashish hajmini ko‘paytirish va davlat idoralari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish muhokama qilindi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. 18 avgust kuni Tehronda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Eron birinchi vitse-prezidentining o‘rinbosari Ali Najafiy Xo‘shrudi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati
xabar berdi.
Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, muntazam siyosiy muloqotni davom ettirish va ikki mamlakat davlat idoralari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish va transport-tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratildi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashdi.
Avvalroq Bahromjon A’loyev Eron tashqi ishlar vazirining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Hamid Qanbariy bilan muzokara o‘tkazgan edi.
Unda o‘zaro savdo hajmini oshirish, yetkazib beriladigan mahsulotlar turini kengaytirish, investitsiyaviy aloqalar va biznes vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, amaldagi transport yo‘nalishlari samaradorligini oshirish va O‘zbekiston hamda Eron o‘rtasida yuk tashish hajmini ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.