https://oz.sputniknews.uz/20260819/usa-icc-sanktsiya-59793983.html
AQSh Xalqaro jinoyat sudi rahbariyatiga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi — nizo sabablari
AQSh Xalqaro jinoyat sudi rahbariyatiga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi — nizo sabablari
Sputnik O‘zbekiston
AQSh XJS rahbariyatiga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. Vashington sud o‘z yurisdiksiyasini AQSh va uni tan olmagan davlatlar fuqarolariga tatbiq etishiga qarshi chiqmoqda.
2026-08-19T10:47+0500
2026-08-19T10:47+0500
2026-08-19T10:47+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
sud
xalqaro jinoyat sudi (xjs)
donald tramp
marko rubio
sanksiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/15/51380656_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_c13aad98f8d96b2488bfbc233e5ca38c.jpg
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. AQSh Xalqaro jinoyat sudi (XJS) raisi Tomoko Akane va sudning yetakchi yuristi Abdulaye Seyega qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti xabar berdi.AQSh davlat kotibi Marko Rubioning bildirishicha, ular XJS vakolatini tan olmagan davlatlar mansabdorlarini tergov qilish, hibsga olish yoki javobgarlikka tortishga qaratilgan harakatlarda bevosita ishtirok etgan.AQSh va XJS o‘rtasidagi nizo nimadan boshlangan?Vashington va XJS o‘rtasidagi kelishmovchilik ancha oldin boshlangan. AQSh Rim statuti ishtirokchisi emas va XJS Amerika fuqarolarini javobgarlikka tortish vakolatiga ega emasligini ta’kidlab keladi. Nizo XJSning Afg‘onistonda amerikalik harbiylar ehtimoliy jinoyatlarini o‘rganishi ortidan kuchaygan.2025 yil fevralda Donald Tramp XJSga qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmon imzoladi.Dastlab sanksiyalar XJS prokurori Karim Xonga nisbatan qo‘llangan.XJS esa Rim statuti ishtirokchisi bo‘lgan davlat hududida jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, gumonlanuvchining qaysi davlat fuqarosi ekani sud ishni ko‘rib chiqishiga to‘sqinlik qilmaydi, degan pozitsiyada.Endi Vashington bosimni yana kuchaytirmoqda. Davlat departamenti zarur bo‘lsa, XJS AQSh fuqarolari va uning ittifoqchilari uchun xavf tug‘dira olmaydigan holatga kelguncha uni "tizimli ravishda parchalash"ga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250821/aqsh-xalqaro-jinoiy-sud-51381988.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/15/51380656_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_b02c3acdf4ead35878254c26f9d50838.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, sud, xalqaro jinoyat sudi (xjs), donald tramp, marko rubio, sanksiya
dunyo yangiliklari, dunyoda, sud, xalqaro jinoyat sudi (xjs), donald tramp, marko rubio, sanksiya
AQSh Xalqaro jinoyat sudi rahbariyatiga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi — nizo sabablari
Vashington zarurat tug‘ilsa, sudni "tizimli ravishda parchalash" choralarini davom ettirishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. AQSh Xalqaro jinoyat sudi (XJS) raisi Tomoko Akane va sudning yetakchi yuristi Abdulaye Seyega qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti
xabar berdi.
AQSh davlat kotibi Marko Rubioning bildirishicha, ular XJS vakolatini tan olmagan davlatlar mansabdorlarini tergov qilish, hibsga olish yoki javobgarlikka tortishga qaratilgan harakatlarda bevosita ishtirok etgan.
Sanksiyalar ularning AQSh yurisdiksiyasidagi aktivlarini muzlatish va Amerika moliya tizimidan foydalanishini cheklashni nazarda tutadi.
AQSh va XJS o‘rtasidagi nizo nimadan boshlangan?
Vashington va XJS o‘rtasidagi kelishmovchilik ancha oldin boshlangan. AQSh Rim statuti ishtirokchisi emas va XJS Amerika fuqarolarini javobgarlikka tortish vakolatiga ega emasligini ta’kidlab keladi. Nizo XJSning Afg‘onistonda amerikalik harbiylar ehtimoliy jinoyatlarini o‘rganishi ortidan kuchaygan.
2025 yil fevralda Donald Tramp XJSga qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmon imzoladi.
Bunga sudning AQSh harbiylariga oid tergovlari hamda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish orderlari sabablardan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Dastlab sanksiyalar XJS prokurori Karim Xonga nisbatan qo‘llangan.
XJS esa Rim statuti ishtirokchisi bo‘lgan davlat hududida jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, gumonlanuvchining qaysi davlat fuqarosi ekani sud ishni ko‘rib chiqishiga to‘sqinlik qilmaydi, degan pozitsiyada.
Endi Vashington bosimni yana kuchaytirmoqda. Davlat departamenti zarur bo‘lsa, XJS AQSh fuqarolari va uning ittifoqchilari uchun xavf tug‘dira olmaydigan holatga kelguncha uni "tizimli ravishda parchalash"ga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.