https://oz.sputniknews.uz/20260819/beshkent-shifoxona-qurilish-59799785.html
Beshkentda shifoxona qurish bo‘yicha BMT boshqarmasi va ADFD bilan kelishuv imzolandi
Beshkentda shifoxona qurish bo‘yicha BMT boshqarmasi va ADFD bilan kelishuv imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryo tibbiyotini yangilash loyihasi $127,1 mlnga baholangan. Beshkent qismiga ADFD $42,5 mln, Qarshi va telemeditsinaga IsDB $84,6 mln ajratadi.
2026-08-19T11:44+0500
2026-08-19T11:44+0500
2026-08-19T11:53+0500
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
qashqadaryo viloyati
bmt
tibbiyot muassasi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/13/59799067_0:47:900:553_1920x0_80_0_0_fb924be4f797b7aafd8a7c0ddb466422.png
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Beshkent shahrida 300 o‘rinli yangi ko‘p tarmoqli shifoxona qurish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.Xabarda aytilishicha, kelishuv Sog‘liqni saqlash vazirligi, Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi (ADFD) va BMTning Loyihalarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi (UNOPS) o‘rtasida imzolandi.Beshkentdagi shifoxona Qashqadaryoda tibbiy xizmatlarni yaxshilashga qaratilgan umumiy qiymati qariyb 127,1 mln dollarlik yirik loyihaning bir qismi hisoblanadi. Shundan 42,5 mln dollar ADFD tomonidan Beshkentdagi loyihaga, 84,6 mln dollar esa Islom taraqqiyot banki tomonidan Qarshidagi tibbiy infratuzilma va telemeditsina tizimini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.Beshkentdagi yangi shifoxona amaldagi eski tibbiy infratuzilma o‘rnini egallaydi. Qarshi tumani tibbiyot birlashmasining Beshkentdagi binosi o‘tgan asrning 1960–1970-yillarida qurilgan.2023 yilda prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida davlat rahbari mazkur muassasada bo‘lib, yangi shifoxona qurish bo‘yicha topshiriq bergan.UNOPS ma’lumotiga ko‘ra, yangi shifoxonada akusherlik, pediatriya, jarrohlik, yuqumli kasalliklar, patologiya va ambulator tibbiy yordam yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260416/fergana-shifoxona-qurish-bitim-56930346.html
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/13/59799067_50:0:850:600_1920x0_80_0_0_f8103cbeece7e56393a8dcc429af5abf.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), qashqadaryo viloyati, bmt, tibbiyot muassasi, jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), qashqadaryo viloyati, bmt, tibbiyot muassasi, jamiyat
Beshkentda shifoxona qurish bo‘yicha BMT boshqarmasi va ADFD bilan kelishuv imzolandi
11:44 19.08.2026 (yangilandi: 11:53 19.08.2026) Loyiha doirasida Beshkentdagi eski tibbiy infratuzilma yangilanib, 300 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona barpo etiladi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Beshkent shahrida 300 o‘rinli yangi ko‘p tarmoqli shifoxona qurish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, kelishuv Sog‘liqni saqlash vazirligi, Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi (ADFD) va BMTning Loyihalarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi (UNOPS) o‘rtasida imzolandi.
Beshkentdagi shifoxona Qashqadaryoda tibbiy xizmatlarni yaxshilashga qaratilgan umumiy qiymati qariyb 127,1 mln dollarlik yirik loyihaning bir qismi hisoblanadi.
U Qarshi va Beshkentda yangi ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalarini qurish va jihozlash, shuningdek, viloyatda telemeditsina xizmatlarini rivojlantirishni qamrab oladi.
Shundan 42,5 mln dollar ADFD tomonidan Beshkentdagi loyihaga, 84,6 mln dollar esa Islom taraqqiyot banki tomonidan Qarshidagi tibbiy infratuzilma va telemeditsina tizimini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Beshkentdagi yangi shifoxona amaldagi eski tibbiy infratuzilma o‘rnini egallaydi. Qarshi tumani tibbiyot birlashmasining Beshkentdagi binosi o‘tgan asrning 1960–1970-yillarida qurilgan.
2023 yilda prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida davlat rahbari mazkur muassasada bo‘lib, yangi shifoxona qurish bo‘yicha topshiriq bergan.
UNOPS ma’lumotiga ko‘ra, yangi shifoxonada akusherlik, pediatriya, jarrohlik, yuqumli kasalliklar, patologiya va ambulator tibbiy yordam yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatiladi.