Yetti oyda 4,4 mln nafar o‘zbekistonlik chet elga safar qildi — eng ommabop yo‘nalishlar

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonliklar xorijga eng ko‘p qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonga borgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida 4,4 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 45,6 ming nafarga ko‘p.
Turistik yo‘nalishlardan dastlabki uch o‘rinni O‘zbekiston bilan chegaradosh davlatlar egallagan. O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lmagan davlatlar orasida esa Rossiya birinchi o‘rinda qayd etilgan.
Joriy yilning yanvar–aprel oylarida xorijga turistik maqsadlarda 2 200 530 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqqan edi. Demak, may–iyul oylarining o‘zida ham qariyb 2,2 mln nafar o‘zbekistonlik chet elga safar qilgan.
Batafsil - Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0