https://oz.sputniknews.uz/20260818/mendel-ukraine-59770072.html
Mendel Zelenskiy milliy siyosatini o‘z joniga qasd qilish deb atadi
Mendel Zelenskiy milliy siyosatini o‘z joniga qasd qilish deb atadi
Sputnik O‘zbekiston
Yuliya Mendel Ukrainada 18–60 yoshli 10 mlndan ortiq bo‘lmagan aholi qolganini aytdi. U barchani jangga yuborishni milliy o‘z joniga qasd qilish deb atadi va mojaroni tugatishga chaqirdi.
2026-08-18T10:55+0500
2026-08-18T10:55+0500
2026-08-18T10:58+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
vladimir zelenskiy
siyosat
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57503304_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_4382925b0cd87c89ced37ffd47595d69.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Zelenskiy Ukrainada tinchlikka erishish imkoniyatlaridan foydalanish o‘rniga mamlakat uchun o‘z joniga qasd qilishga teng siyosat olib bormoqda, deb hisoblaydi uning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Ukrainada ushbu yosh toifasidagi 10 milliondan ortiq bo‘lmagan kishi qolgan. Shundan taxminan 4 millioni chaqiruv yoshidagi erkaklar.Mendel Ukraina hukumati imkon qadar ko‘proq erkaklarni frontga jo‘natishga urinayotganini, safarbarlikdan ozod qilish tartiblari qat’iylashtirilayotganini hamda ayollarni safarbar qilish ehtimoliga jamiyat munosabati o‘rganilayotganini ta’kidladi.Sobiq matbuot kotibining fikricha, bunday siyosat tinchlikka erishish o‘rniga mamlakatning o‘zini zaiflashtirmoqda. U jahon hamjamiyatini Ukrainadagi bunday siyosatni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi.Shu kuni Mendel Ukraina hukumatini Rossiya bilan mojaroni tugatishga ham chaqirdi. Bunga Kiyevdagi majburiy safarbarlik aks etgan video sabab bo‘ldi. Kadrlarda harbiy komissariat xodimlari itini sayr qildirib yurgan erkakni avtobusga majburan olib kirgani, uning iti esa ko‘chada yolg‘iz qolgani aks etgan.Yuliya Mendel 2019–2021 yillarda Vladimir Zelenskiyning matbuot kotibi bo‘lib ishlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260510/ukraine-aholi-kamayish-57486771.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57503304_97:0:673:432_1920x0_80_0_0_4c1a4fd374eb0d68093356b3bdbaac3e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, vladimir zelenskiy, siyosat, ukraina
dunyo yangiliklari, dunyoda, vladimir zelenskiy, siyosat, ukraina
Mendel Zelenskiy milliy siyosatini o‘z joniga qasd qilish deb atadi
10:55 18.08.2026 (yangilandi: 10:58 18.08.2026) Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel Ukrainada 18–60 yoshli aholini ommaviy safarbar qilish mamlakat uchun halokatli bo‘lishini aytdi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Zelenskiy Ukrainada tinchlikka erishish imkoniyatlaridan foydalanish o‘rniga mamlakat uchun o‘z joniga qasd qilishga teng siyosat olib bormoqda, deb hisoblaydi uning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida
yozdi.
"Hatto Ukrainada qolgan 18–60 yoshli barcha erkak va ayollarni jang qilishga majburlaganda ham, bu milliy o‘z joniga qasd qilish bo‘ladi", — deb yozdi Mendel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Ukrainada ushbu yosh toifasidagi 10 milliondan ortiq bo‘lmagan kishi qolgan. Shundan taxminan 4 millioni chaqiruv yoshidagi erkaklar.
Mendel Ukraina hukumati imkon qadar ko‘proq erkaklarni frontga jo‘natishga urinayotganini, safarbarlikdan ozod qilish tartiblari qat’iylashtirilayotganini hamda ayollarni safarbar qilish ehtimoliga jamiyat munosabati o‘rganilayotganini ta’kidladi.
Sobiq matbuot kotibining fikricha, bunday siyosat tinchlikka erishish o‘rniga mamlakatning o‘zini zaiflashtirmoqda. U jahon hamjamiyatini Ukrainadagi bunday siyosatni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi.
Shu kuni Mendel Ukraina hukumatini Rossiya bilan mojaroni tugatishga ham chaqirdi. Bunga Kiyevdagi majburiy safarbarlik aks etgan video sabab bo‘ldi. Kadrlarda harbiy komissariat xodimlari itini sayr qildirib yurgan erkakni avtobusga majburan olib kirgani, uning iti esa ko‘chada yolg‘iz qolgani aks etgan.
Mendel majburiy safarbarlikni keskin tanqid qilib, hukumatni mojaroni to‘xtatishga chaqirdi.
Yuliya Mendel 2019–2021 yillarda Vladimir Zelenskiyning matbuot kotibi bo‘lib ishlagan.