Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Qozog‘istonning YeOII bilan savdosida Rossiya ulushi 87,2 foizga yetdi

© FTS RossiiV torgovle Kazaxstana s YeAES dolya tovarooborota s Rossiyey sostavila 87,2%.
V torgovle Kazaxstana s YeAES dolya tovarooborota s Rossiyey sostavila 87,2%. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2026
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston importida Rossiya 30,9 foiz bilan birinchi o‘rinni egalladi. YeOII doirasidagi savdoning esa 87,2 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keldi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. 2026 yilning birinchi yarmida Rossiya Qozog‘istonning asosiy import hamkori bo‘lib qoldi. Bu Qozog‘iston Milliy statistika burosining dastlabki ma’lumotlarida keltirilgan.
Yanvar–iyun oylarida Qozog‘istonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 15,17 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,7 foizga ko‘p.
YeOII bilan umumiy savdo aylanmasida Rossiyaning ulushi 87,2 foizni tashkil qildi. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston – 8,4 foiz, Belarus – 4,1 foiz va Armaniston – 0,3 foiz bilan joylashgan.
Shu bilan birga, Rossiya Qozog‘istonning dunyo mamlakatlaridan amalga oshirayotgan umumiy importida ham birinchi o‘rinda. Uning ulushi 30,9 foizni tashkil qildi. Xitoy 29,1 foiz bilan ikkinchi, Germaniya esa 4,8 foiz bilan uchinchi o‘rinda.
Eksportda esa vaziyat boshqacha. Qozog‘iston tovarlarining asosiy xaridori Xitoy bo‘lib, uning ulushi 18,6 foizga yetgan. Italiya 17,3 foiz bilan ikkinchi, Rossiya esa 8,6 foiz bilan uchinchi o‘rinda.
Umuman, 2026-yilning birinchi yarmida Qozog‘iston tashqi savdo aylanmasi 71,79 milliard dollarni tashkil etib, bir yilda 7,2 foizga oshdi.
Rabochaya poyezdka prezidenta Vladimira Putina v Omsk dlya uchastiya v forume sotrudnichestva s Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2026
O‘zbekiston va YeOII
Putin va Toqayev Omskda YeOII va logistika bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirdi
Yangiliklar lentasi
0