O‘zbekistondagi qo‘shma korxonalar soni bo‘yicha top-5 davlat

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bir yilda 26,3 foizga oshib, qariyb 21 mingtaga yetdi.
O‘zbekistonda 2026-yil 1-avgust holatiga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 20 973 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 364 taga yoki 26,3 foizga ko‘p, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Ularning 4 685 tasi qo‘shma korxona, 16 288 tasi esa to‘liq xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalardir. Bir oyda ularning umumiy soni 471 taga ko‘paygan.
Qo‘shma korxonalar soni bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda — 955 ta. Bu 1-iyul holatiga nisbatan 14 taga ko‘p.
Keyingi o‘rinlarda Xitoy — 886 ta va Turkiya — 537 ta qo‘shma korxona bilan joylashgan. Bir oyda ularning soni mos ravishda 23 ta va 14 taga oshgan.
Umuman, so‘nggi besh yilda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 1,7 baravar ko‘paygan. Hozir ularning 77,7 foizini to‘liq xorijiy kapital asosida ishlaydigan korxonalar tashkil etadi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0