https://oz.sputniknews.uz/20260817/iran-usa-harbiy-mukofot-belgilash-59747340.html
Eron har bir o‘ldirilgan AQSh harbiysi uchun 30 ming dollar mukofot belgiladi
Eron har bir o‘ldirilgan AQSh harbiysi uchun 30 ming dollar mukofot belgiladi
Sputnik O‘zbekiston
Eron Qurolli kuchlari qo‘mondoni general Amir Xotamiy "moliyaviy jihod" rejasini e’lon qildi. Amerikalik harbiy uchun 30 ming dollar miqdorida mukofot belgilandi, Hurmuz bo‘g‘ozi esa urushni tugatish shartlaridan biri deb ataldi.
2026-08-17T12:14+0500
2026-08-17T12:14+0500
2026-08-17T12:45+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh – eron mojarosi
eron
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1444/16/14441662_0:12:1000:575_1920x0_80_0_0_14eb66bc495e16b0edb034cbcfdef461.jpg
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Eron armiyasi amerikalik harbiyni o‘ldirgan yoki asirga olib topshirgan shaxslarga 30 ming dollar yoki 5 mlrd tuman mukofot berishini ma’lum qildi. Eronlik ayollar uchun mukofot ikki baravar ko‘p bo‘ladi.Armiya bosh qo‘mondoni general Amir Hotamiyga ko‘ra, reja "moliyaviy jihod"da ishtirok etish istagini bildirganlar ko‘pligi sababli ishlab chiqilgan.Hotamiy yana amerikalik harbiyga qarshi ishlatilgan qurol armiya tomonidan bozor narxidan ikki baravar qimmatga sotib olinishi va egasiga yangi qurol berilishini aytdi. Sotib olingan qurol esa maxsus muzeyda saqlanadi.General AQSh harbiylarining Fors va Ummon ko‘rfazlari hamda Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kirishiga Eron endi yo‘l qo‘ymasligini ham ta’kidladi. Bayonot AQSh prezidenti Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozini urushdan keyin Amerika hududi deb e’lon qilish niyati haqida gapirganidan so‘ng yangradi. Hotamiy bunga javoban Tehron bo‘g‘oz ustidan nazorat masalasida yon bermasligini bildirdi.Shuningdek, Eron qo‘mondoni "USS Abraham Lincoln" aviatashuvchisi kamida bir marta Eron snaradi bilan nishonga olinganini da’vo qildi. AQSh avval ham aviatashuvchiga zarba berilgani haqidagi Eron bayonotlarini rad etgan. Ayni paytda kema uzoq muddatli jangovar xizmatdan so‘ng almashtirilishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260805/trump-iran-xatolar-59499578.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1444/16/14441662_0:0:889:667_1920x0_80_0_0_a301f0726bcafab8968c073dc2409495.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh – eron mojarosi, eron, aqsh
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh – eron mojarosi, eron, aqsh
Eron har bir o‘ldirilgan AQSh harbiysi uchun 30 ming dollar mukofot belgiladi
12:14 17.08.2026 (yangilandi: 12:45 17.08.2026) Eron armiyasi amerikalik harbiyni o‘ldirgan yoki asirga olib topshirganlarga 30 ming dollar, ayollarga esa ikki baravar ko‘p mukofot va’da qildi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Eron armiyasi amerikalik harbiyni o‘ldirgan yoki asirga olib topshirgan shaxslarga 30 ming dollar yoki 5 mlrd tuman mukofot berishini
ma’lum qildi. Eronlik ayollar uchun mukofot ikki baravar ko‘p bo‘ladi.
Armiya bosh qo‘mondoni general Amir Hotamiyga ko‘ra, reja "moliyaviy jihod"da ishtirok etish istagini bildirganlar ko‘pligi sababli ishlab chiqilgan.
Hotamiy yana amerikalik harbiyga qarshi ishlatilgan qurol armiya tomonidan bozor narxidan ikki baravar qimmatga sotib olinishi va egasiga yangi qurol berilishini aytdi. Sotib olingan qurol esa maxsus muzeyda saqlanadi.
General AQSh harbiylarining Fors va Ummon ko‘rfazlari hamda Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kirishiga Eron endi yo‘l qo‘ymasligini ham ta’kidladi.
U Ho‘rmuzni mamlakatning geosiyosiy imkoniyati deb atab, bu omil AQSh bilan urushni tugatish shartlaridan biri bo‘lishini bildirdi.
Bayonot AQSh prezidenti Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozini urushdan keyin Amerika hududi deb e’lon qilish niyati haqida gapirganidan so‘ng yangradi. Hotamiy bunga javoban Tehron bo‘g‘oz ustidan nazorat masalasida yon bermasligini bildirdi.
Shuningdek, Eron qo‘mondoni "USS Abraham Lincoln" aviatashuvchisi kamida bir marta Eron snaradi bilan nishonga olinganini da’vo qildi. AQSh avval ham aviatashuvchiga zarba berilgani haqidagi Eron bayonotlarini rad etgan. Ayni paytda kema uzoq muddatli jangovar xizmatdan so‘ng almashtirilishi kutilmoqda.