Aktivlari $137 mlrdlik Dubai Holding Yangi Toshkent loyihalariga qiziqish bildirmoqda

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2026
Obuna bo‘lish
Dubayning yirik investitsiya xoldingi bilan O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, mehmonxona va turistik infratuzilma, jumladan, Yangi Toshkentda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Dubai Holding o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Muzokaralarda ko‘chmas mulk, mehmonxona va turistik infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, Yangi Toshkentda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda Dubai Holding bosh direktori Amit Kaushal ishtirok etdi.
Dubai Holding Dubayning eng yirik investitsiya guruhlaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, uning aktivlari 500 mlrd dirhamdan ortiq — qariyb $137 mlrdni tashkil etadi.
Xolding 30 dan ziyod mamlakatda 10 ta yo‘nalishda, jumladan, ko‘chmas mulk, mehmonxona biznesi, savdo, ko‘ngilochar industriya va investitsiyalar sohasida faoliyat yuritadi.
Xolding yirik turar joy majmualari, savdo va dam olish hududlari hamda aralash funksiyali shahar kvartallarini barpo etish bo‘yicha katta tajribaga ega. Shu bois muzokaralarda Yangi Toshkentning tilga olinishi alohida ahamiyatga ega.
Bundan avval, 2025-yil yanvarda O‘zbekiston va BAA rahbarlari Dubayning ilg‘or shaharsozlik yechimlarini Yangi Toshkent zamonaviy infratuzilmasini yaratishda qo‘llash masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi.
Hozircha Dubai Holding ishtirokidagi aniq loyiha qiymati va uni amalga oshirish muddatlari ma’lum qilinmagan.
Djamshid Xodjayev vstretilsya s gubernatorom Sankt-Peterburga Aleksandrom Beglovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Xodjayev va Beglov Toshkentda “Sankt-Peterburg” markazi qurilishini muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0