Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Odessa portlaridagi harbiy nishonlarga zarba berdi

© Sputnik / Vacheslav BobkovOdesskiy morskoy port (arxivnoe foto)
Odesskiy morskoy port (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2026
Obuna bo‘lish
Hujum maqsadi — Ukraina Qurolli Kuchlarining omborlari va ta’minot kemalari bo‘lgan.
TOShKENT, 15 avg — Spurnik. O‘tgan tunda Rossiya Qurolli kuchlari Odessa, Izmail va Yujniy portlaridagi harbiy inshootlarga uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida zarba berdi.
Mudofaa vazirligiga ko‘ra, quyidagi obyektlar nishonga olingan:
Yujniy portida UQK uchun mo‘ljallangan yoqilg‘i-moylash materiallari ombori;
Odesa portidagi harbiy texnika saqlanadigan ombor;
Odesa portida harbiy kemalarni kuzatib borish uchun foydalanilgan patrul kemasi;
Izmail portida UQK uchun harbiy yuklar va yoqilg‘ini saqlash, yuklash va tashish uchun ishlatiladigan infratuzilma;
Dushmandan farqli o‘laroq, Rossiya Qurolli kuchlari faqat harbiy inshootlarga zarba beradi va Kiyevda ham, butun Ukraina hududida ham har qanday nishonni yo‘q qilishga qodir, deyiladi xabarda.
Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnikning tushuntirishicha, Ukraina Qurolli Kuchlari dengiz yo‘lidan 24/7 qurol yetkazib berish kanali sifatida foydalangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida Odessa portlaridan harbiy yuklarni tashiydigan taxminan 8000 ta kema o‘tgan, bu esa ushbu nishonlarga qilingan hujumlarni tushuntiradi.
Aleksandr Xrolenko, voyenniy obozrevatel  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Odessa NATO uchun "Ho‘rmuz bo‘g‘oziga" aylandi — harbiy ekspert
Yangiliklar lentasi
0