O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyada muvaffaqiyat qozondi

© IBA PRO na VKIBA PRO 20 Naberejnie Chelni
IBA PRO 20 Naberejnie Chelni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2026
Obuna bo‘lish
Professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschilar 3ta g‘alaba qozondi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Rossiyaning Naberejnie Chelni shahrida 14-avgust kuni IBA.PRO 20 — yirik boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschilar munosib natija qayd etishdi:
Yarim o‘rta vazn toifasida: Xavasbek Asadullayev Sergey Lubkovich (Rossiya) ustidan hakamlar yakdil qarori bilan g‘alabaga erishdi;
Birinchi og‘ir vazn toifasida: Xalimjon Mamasoliyev German Skobenkoni (Rossiya) mag‘lubiyatga uchratdi;
Superog‘ir vazn toifasida: Mirazizbek Mirzaxalilov Chingiz Natirovni (Rossiya) beshinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.
© IBA PRO na VKIBA PRO 20 Naberejnie Chelni
IBA PRO 20 Naberejnie Chelni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2026
IBA PRO 20 Naberejnie Chelni
Turnirdagi qolgan janglar natijalari:
Yarim o‘rta vazn: Ruslan Seliman (Rossiya) Ivan Kambagireni (Uganda) sudyalar yakdil qarori bilan mag‘lub etdi;
Yengil vazn toifasida, IBF yoshlar o‘rtasidagi chempionlik jangi: Mixail Grigoran (Rossiya) Genri Otebani (Uganda) sudalar qarori bilan mag‘lub etdi;
Superog‘ir vaznda Amin Abdullin (Rossiya) Adilet Kurmetovni (Qozog‘iston) sudalar qarori bilan mag‘lub etdi;
Supero‘rta vazn toifasida, IBF Yevropa chempionligi uchun jangda Djambulat Bijamov (Rossiya) Vladimir Mironchikovni (Serbiya) sudyalar qarori bilan mag‘lub etdi;
Supero‘rta vazn toifasida, Naberejne Chelni meri kubogi uchun jangda Sergey Sergeyev (Rossiya) Nekruz Salimovni (Tojikiston) mag‘lub etdi.

IBA.PRO 20 — professional boks kechasi Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBF) tomonidan assotsiatsiya prezidenti Umar Kremlev va Rossiya boks federatsiyasi ko‘magida tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0