O‘zbekiston mayizini eng ko‘p qaysi davlatlar sotib olmoqda — infografika

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yarim yilda 57 ta davlatga 60 mln dollarlik mayiz sotdi. Asosiy xaridorlar orasida Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya bor.
O‘zbekiston 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 57 ta davlatga 60 mln dollarlik mayiz eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 704,5 tonnaga oshgan.
O‘zbekiston mayizining asosiy xaridorlari Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Turkiya va Eron bo‘ldi.
Mamlakat jahon mayiz bozorida ham yirik eksportchilardan biri hisoblanadi. BMTning Comtrade ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston 53 ming tonna mayiz eksport qilib, ushbu mahsulot eksporti bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egallagan.
O‘sha yili mayiz eksporti bo‘yicha Turkiya 205,9 ming tonna bilan yetakchilik qilgan. Keyingi o‘rinlarni JAR — 81,7 ming tonna, Xitoy — 76,4 ming tonna, Chili — 59,1 ming tonna, Hindiston — 55,6 ming tonna va AQSh — 53,7 ming tonna bilan egallagan.
Yangiliklar lentasi
0