Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Havo mudofaasi Rossiya raketalari oldida ojiz: Ukraina urib tushirish statistikasini chekladi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishFlag i gerb Ukraini v osvobojdennom rossiyskimi voyskami Krasnoarmeyske v DNR.
Flag i gerb Ukraini v osvobojdennom rossiyskimi voyskami Krasnoarmeyske v DNR. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina HHM tizimidagi hozirgi vaziyat mojaro boshlanganidan buyon eng og‘iri deb baholanmoqda.
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Ukraina Havo kuchlari endi ommaviy raketaviy hujumlar vaqtida uchirilgan, urib tushirilgan, bostirilgan yoki nishonga yetib bormagan raketalar sonini kunlik hisobotlarda ko‘rsatmaydi. Buni Ukraina Havo kuchlari vakili Yuriy Ignat tasdiqladi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avval bunday hisobotlarda raketa turi, soni va ularning nechtasi havo hujumidan mudofaa vositalari tomonidan tutib qolingani har kuni e’lon qilinardi. Oxirgi batafsil ma’lumot 8-avgust kuni berilgan.
Endi hisobotlarda asosan qo‘llangan qurol turlari ko‘rsatilib, aniq raqamlar berilmayapti. Ignatning aytishicha, endi OAVga umumlashtirilgan ma’lumotlar taqdim etiladi.

"Masalan, 2026-yil iyul oyida dushman 450 tadan ortiq turli raketalarni qo‘lladi, ulardan qariyb 200 tasi ballistik trayektoriya bo‘ylab hujum qildi", — deb yozdi Ignat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Qaror Ukraina havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimidagi muammolar kuchaygan bir paytga to‘g‘ri keldi. Ukraina Havo kuchlari 5 va 8-avgustdagi zarbalar vaqtida Rossiya raketalaridan birortasini ham urib tushira olmaganini ma’lum qilgan edi.
Vladimir Zelenskiy ham ballistik raketalarni tutib qolish uchun mo‘ljallangan raketalar yetarli emasligini tan oldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh bilan har oy HHM raketalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv mavjud, ammo bu miqdor Ukraina ehtiyojlari uchun yetarli emas. Shuningdek, u 2026-yilda G‘arbdan HHM raketalari yetkazib berish o‘tgan yilga nisbatan uch barobar kamayganini aytgan.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga esa "Patriot" tizimlari uchun PAC-3 raketalarini topish tobora qiyinlashayotganini aytdi. U AQSh yiliga taxminan 600 ta shunday raketa ishlab chiqarishini ta’kidlagan.

Oliy radaning milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi raisi Yegor Chernev Ukraina HHM tizimidagi hozirgi vaziyatni mojaro boshlanganidan buyon eng og‘iri deb baholagan.
Rabota raketnogo kompleksa Iskander po selyam VSU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Kiyevdagi obyektlarga zarba berdi — Ukraina HHK birorta raketani ham ura olmadi
Yangiliklar lentasi
0