Qush parvozi balandligidan nazar: Toshkent teleminorasi sayyohlarni qanday jalb etmoqda

© Sputnik / Baxrom Xatamov Toshkent teleminorasidan ko‘rinadigan bog‘ hududi, poytaxt kanallari va Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi
Toshkent teleminorasidan ko‘rinadigan bog‘ hududi, poytaxt kanallari va Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkent teleminorasi bugun sayyohlar uchun ham jozibador maskanga aylanmoqda. Ekspozitsiyalar, noyob mozaikalar va tomosha maydonchasi shaharni yangi rakursdan ko‘rish imkonini beradi.
Balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasi 1985-yil 15-yanvarda foydalanishga topshirilgan. Bugun u poytaxtning asosiy me’moriy ramzlaridan biri bo‘lib, Jahon buyuk minoralar federatsiyasi tarkibiga kiradi. Teleminora 1991-yildan buyon federatsiya a’zosi hisoblanadi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov Toshkent teleminorasi kirish qismidagi sayyohlar
Toshkent teleminorasi kirish qismidagi sayyohlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Toshkent teleminorasi kirish qismidagi sayyohlar
Ammo teleminora faqat televidenie, radioeshittirish va aloqa markazi emas. Uning sayyohlik ahamiyati ham tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Tashrif foyedagi ekspozitsiyadan boshlanib, minora tarixi bilan tanishish va tomosha maydonchasiga ko‘tarilish bilan davom etadi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov Dunyodagi mashhur teleminoralar maketlari joylashgan ekspozitsiya
Dunyodagi mashhur teleminoralar maketlari joylashgan ekspozitsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Dunyodagi mashhur teleminoralar maketlari joylashgan ekspozitsiya

"Shu yerdan bizning teleminora muzeyimiz boshlanadi. Ekspozitsiyada Germaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Avstriya, Koreya, Meksika, Turkiya, Angliya, Gollandiya, Ispaniya va Kanadadagi teleminoralarning maketlari bor. Ayrimlari 3D-printerda chop qilingan", — deydi ekskursovod Nodir Zarifov.

Ekspozitsiya Toshkent teleminorasini dunyodagi boshqa mashhur baland inshootlar bilan bir qatorda ko‘rish imkonini beradi. Teleminora foyesida turli mamlakatlardagi mashhur minoralar maketlari namoyish etilgan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov Tomosha maydonchasidan shaharni kuzatayotgan mehmonlar
Tomosha maydonchasidan shaharni kuzatayotgan mehmonlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Tomosha maydonchasidan shaharni kuzatayotgan mehmonlar
Ekskursiyaning yana bir qismi minoraning qurilish tarixi bilan bog‘liq. Qurilish ishlari 1978-yilda boshlangan va inshoot 1985-yil yanvarda ishga tushirilgan. Minora hududning seysmik xususiyatlari hisobga olingan holda barpo etilgan va 11 metrli mustahkam poydevorga tayanadi.

"Toshkent teleminorasining umumiy balandligi 375 metr. Uning 93 metrlik uchta qo‘shimcha tayanchi bor. Sayyohlar uchun eng qiziqarli joylardan biri tomosha maydonchasi. Bu yerdan Toshkent butunlay boshqacha ko‘rinadi", — ta’kidlaydi Zarifov.

© Sputnik / Baxrom Xatamov Teleminoradan ko‘rinayotgan yashil hududlar va istirohat bog‘i
Teleminoradan ko‘rinayotgan yashil hududlar va istirohat bog‘i - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Teleminoradan ko‘rinayotgan yashil hududlar va istirohat bog‘i
Teleminoraga tashrif marshruti uning tarixi va qurilishiga bag‘ishlangan ekspozitsiya bilan tanishish, tezurar liftlarda tomosha maydonchasiga ko‘tarilish va shahar panoramasini kuzatishni o‘z ichiga oladi. Teleminoraning rasmiy saytida tomosha maydonchasi 100 metr balandlikda joylashgani ko‘rsatilgan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov Teleminora mehmonlari nigohidagi Toshkent
Teleminora mehmonlari nigohidagi Toshkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Teleminora mehmonlari nigohidagi Toshkent
Yuqoridan zamonaviy Toshkentning turli qiyofalarini bir vaqtning o‘zida ko‘rish mumkin: yashil hududlar, turar joy massivlari, yangi baland binolar, avtomobil yo‘llari, kanallar, bog‘lar va temir yo‘l tarmoqlari. Sayyoh uchun bu poytaxt ko‘lamini his qilish va shahar geografiyasini yaxshiroq tasavvur etish imkoniyatidir.
© Sputnik / Baxrom Xatamov Teleminoradan Toshkent panoramasi
Teleminoradan Toshkent panoramasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Teleminoradan Toshkent panoramasi
Teleminora interyeridagi monumental san’at ham tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortadi. Bu yerda Abdumalik Buxarbayev ijod qilgan yirik mozaik pannolar mavjud. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu monumental asarning maydoni 255 kvadrat metrdan ortiq.
© Sputnik / Baxrom Xatamov Toshkent teleminorasi interyeridagi monumental mozaika
Toshkent teleminorasi interyeridagi monumental mozaika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Toshkent teleminorasi interyeridagi monumental mozaika

"Mozaika qo‘l mehnati bilan bajarilgan. Bu katta monumental ish. Ko‘p sayyohlar teleminoraga shaharni yuqoridan ko‘rish uchun kelishadi, ammo ichkaridagi san’at asarlari ham ular uchun alohida kashfiyot bo‘ladi", — deydi Nodir Zarifov.

© Sputnik / Baxrom Xatamov Mini-muzeydagi radio va audiotexnika kolleksiyasi bilan tanishayotgan mehmon
Mini-muzeydagi radio va audiotexnika kolleksiyasi bilan tanishayotgan mehmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Mini-muzeydagi radio va audiotexnika kolleksiyasi bilan tanishayotgan mehmon
Ekspozitsiyani Eduard Avakovning magnitofon va radioapparatlar kolleksiyasi ham boyitadi. Ekskursovodning aytishicha, texnika alohida mini-muzey shaklida jamlanib, eksponat sifatida namoyish etilmoqda.
© Sputnik / Baxrom Xatamov Toshkent teleminorasidan ko‘rinadigan bog‘ hududi, poytaxt kanallari va Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi
Toshkent teleminorasidan ko‘rinadigan bog‘ hududi, poytaxt kanallari va Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Toshkent teleminorasidan ko‘rinadigan bog‘ hududi, poytaxt kanallari va Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi
© Sputnik / Baxrom Xatamov 240 nafar mehmonni sig‘dira oladigan restoran 110 metr balandlikda joylashgan
240 nafar mehmonni sig‘dira oladigan restoran 110 metr balandlikda joylashgan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
240 nafar mehmonni sig‘dira oladigan restoran 110 metr balandlikda joylashgan
© Sputnik / Baxrom Xatamov Toshkent teleminorasidan akva bog‘ va basseynning panoramik ko‘rinishi
Toshkent teleminorasidan akva bog‘ va basseynning panoramik ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Toshkent teleminorasidan akva bog‘ va basseynning panoramik ko‘rinishi
© Sputnik / Baxrom Xatamov Toshkentning turar joylari orasidagi temir yo‘llar
Toshkentning turar joylari orasidagi temir yo‘llar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Toshkentning turar joylari orasidagi temir yo‘llar
© Sputnik / Baxrom Xatamov Toshkent ko‘chalaridagi jamoat transporti — yuqoridan ko‘rinish
Toshkent ko‘chalaridagi jamoat transporti — yuqoridan ko‘rinish - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Toshkent ko‘chalaridagi jamoat transporti — yuqoridan ko‘rinish
© Sputnik / Baxrom Xatamov Shaxriston ko‘chasidagi turar-joy binolari va poytaxtning zamonaviy me’morchiligi
Shaxriston ko‘chasidagi turar-joy binolari va poytaxtning zamonaviy me’morchiligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Shaxriston ko‘chasidagi turar-joy binolari va poytaxtning zamonaviy me’morchiligi
Shu tariqa, Toshkent teleminorasi bugun bir vaqtning o‘zida muhandislik inshooti, muzey-ekspozitsiya, tomosha maydonchasi va shahar bilan tanishish uchun o‘ziga xos sayyohlik nuqtasi sifatida namoyon bo‘ladi. Xorijlik mehmon uchun u Toshkentni yuqoridan ko‘rish imkoniyatini bersa, poytaxt aholisi uchun tanish shaharni yangi rakursdan kashf etish imkonidir.
Yangiliklar lentasi
0