Kredit reklamasining 10 foizi xatarlar to‘g‘risidagi ogohlantirishga ajratilishi mumkin

© Sputnik / Avenir DeberdeyevVxod v sentralniy bank Respubliki Uzbekistan
Vxod v sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Obuna bo‘lish
Markaziy bank loyihasi qabul qilinsa, kredit reklamasi va shartnomalarida qarzni vaqtida to‘lamaslik oqibatlari haqida yirik ogohlantirishlar paydo bo‘ladi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekistonda kredit reklamasi va shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi o‘zgarishi mumkin. Markaziy bank tegishli normativ hujjatlarga qo‘shimchalar kiritish loyihasini e’lon qildi.
Loyiha qabul qilinsa, asosiy o‘zgarishlar quyidagicha bo‘ladi:
kredit reklamasining kamida 10 foizi qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarga olib kelishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishga ajratiladi;
kredit shartnomasining matni boshlanishidan oldin uning asosiy yuzasining kamida 30 foizini egallaydigan ogohlantirish joylashtiriladi;
unda kechiktirilgan to‘lov qarz miqdorining oshishi, majburiy undirish, mol-mulkka undiruv qaratilishi, hisobvaraqlardagi mablag‘lar hatlanishi va kredit tarixining yomonlashishiga olib kelishi mumkinligi ko‘rsatiladi;
ogohlantirishni infografika yoki boshqa vizual shaklda ham berish mumkin, ammo uning hajmi belgilangan meyordan kichik bo‘lmasligi kerak;
bank taklif etayotgan kredit mahsuloti iste’molchini chalg‘ituvchi deb topilsa, bu bankka nisbatan chora yoki sanksiya qo‘llash uchun asoslardan biri bo‘ladi.
Shu bilan birga, kredit va mikroqarz reklamasida moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirishni majburiy qilish masalasi qonunchilik darajasida ham ko‘rib chiqilmoqda. Senat bu talabni o‘z ichiga olgan qonun loyihasini muhokama qilgan.
Markaziy bank loyihasi tasdiqlansa, qaror rasmiy e’lon qilinganidan bir oy o‘tib kuchga kiradi.
Lekarstvo v kapsulax.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2026
BADlarni bo‘rttirib reklama qilish qonunga zid — Raqobat qo‘mitasi ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0