MDH iqtisodiy statistikasi e’lon qilindi — O‘zbekiston asosiy sohalarda qaysi o‘rinda

© Sputnik / Vladislav Vodnev / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnikov SNG, arxivnoe foto
Flagi stran-uchastnikov SNG, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2026
Obuna bo‘lish
MDH statistikasi O‘zbekiston iqtisodiyoti Hamdo‘stlik mamlakatlari orasida bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchilar safida ekanini ko‘rsatdi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. MDH mamlakatlari 2026-yilni turli sur’atda boshladi. Hamdo‘stlik statistikasiga ko‘ra, YaIM o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilik qilmoqda.
Birinchi chorakda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,7% o‘sib, MDHda Qirg‘izistondan (12,2%) keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Tojikistonda o‘sish 8%, Armanistonda 4%, Qozog‘istonda 3%, Belarusda 0,9% bo‘ldi. Rossiya YaIM esa 0,2% qisqardi.
O‘zbekiston chakana savdoda ham yuqori o‘rinda. Yanvar–mayda savdo aylanmasi 20,7% oshdi. Bu MDHda Tojikistondan (33,4%) keyingi ikkinchi natija. Qirg‘izistonda o‘sish 11,9%, Belarusda 7,1%, Rossiyada 5%, Qozog‘istonda 3,6%ni tashkil etdi. Hamdo‘stlik bo‘yicha o‘rtacha o‘sish 5,8% bo‘lgan.
Sanoat o‘sishi bo‘yicha esa O‘zbekiston yanvar–may oylarida yetakchi uchlikka kira olmadi. Ishlab chiqarish 7,9% o‘sdi, Qirg‘izistonda bu ko‘rsatkich 14,4%, Tojikistonda 13,4%, Armanistonda 12,2% bo‘ldi. Qozog‘istonda sanoat 2,5%, Rossiyada 0,4% o‘sgan.
Yuk tashishda ham O‘zbekiston ijobiy dinamikani saqladi — birinchi chorakda tijorat yuk tashish hajmi 5% oshdi. Bu Moldova, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon ko‘rsatkichlaridan past.
Gruzovie konteyneri v jeleznodorojnom terminale - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2026
O‘zbekistonning oltinsiz eksporti 14,4 mlrd dollarga yetdi — eng yirik xaridor Rossiya
Yangiliklar lentasi
0