https://oz.sputniknews.uz/20260811/usa-tanlov-59620444.html
Amerika oldidagi tanlov yana dolzarb: global yetakchilik yoki milliy manfaatlar
Amerika oldidagi tanlov yana dolzarb: global yetakchilik yoki milliy manfaatlar
Sputnik O‘zbekiston
Xitoyning kuchayishi, yangi mintaqaviy ittifoqlar va AQShning tashqi harbiy majburiyatlari Vashingtonni global strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Maqola muallifi AQSh ko‘p qutbli dunyoni tan olishi kerak, deb hisoblaydi
2026-08-11T12:53+0500
2026-08-11T12:53+0500
2026-08-11T12:53+0500
aqsh
aqsh – eron mojarosi
ria novosti
donald tramp
xitoy
siyosat
kolumnistlar
analitika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59619365_1:0:767:431_1920x0_80_0_0_e5527a91f6e9c97643e0db16ce4b65c4.jpg
Yigirma yil avval AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi, taniqli siyosatshunos Zbignev Bjezinskiy Amerika dunyodagi yetakchi mavqeyini saqlab qolish uchun uni kuch bilan emas, balki boshqa davlatlar uchun ham manfaatli bo‘lgan xalqaro tartib orqali asoslashi kerakligini yozgan edi.U Vashingtonni boshqa yirik davlatlar bilan birgalikda zamonaviy dunyoning umumiy qoidalarini shakllantirishga chaqirgan. Bu, mohiyatan, dunyo bir qutbli bo‘lib qolmasligini va boshqa kuch markazlari bilan hisoblashish zarurligini anglatardi.RIA Novosti tahlilchisining qayd etishicha, oradan 20-yil o‘tib AQSh oldidagi tanlov yanada aniqlashdi: mamlakat yoki o‘z milliy manfaatlariga ko‘proq e’tibor qaratib, MAGA (“Amerikani yana buyuk qilish” shiori) tamoyiliga qaytishi, yoki Yevropa, Yaqin Sharq va Sharqiy Osiyodagi ittifoqchilar xavfsizligi uchun katta resurs sarflashda davom etishi kerak.Eron bilan qarama-qarshilik ham Yaqin Sharqda doimiy harbiy ustunlikni saqlab turish Vashington uchun qanchalik katta resurs talab qilishini namoyon qildi. Shu sharoitda mintaqaviy davlatlarning o‘z xavfsizlik mexanizmlarini yaratishga intilishi kuchaymoqda.Ushbu mojaro Vashington uchun bu tanlovni yanada dolzarb qilmoqda. Tramp yadroviy masalani hal qilmasdan va Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishini kutib, mojarodan chiqishga harakat qilayotgandek. Bunda AQSh uchun Fors ko‘rfazi neftiga muqobil manba sifatida Venesuela neftining ahamiyati ham ortib bormoqda.Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning kengayishi ham shu tendensiyaning bir ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bunday model AQShga mintaqadagi mas’uliyatning bir qismini mahalliy kuch markazlariga topshirish va o‘zining bevosita harbiy ishtirokini qisqartirish imkonini berishi mumkin.Sovuq urush davrida AQShning asosiy raqibi bo‘lgan Sovet Ittifoqi G‘arb nazoratidagi jahon moliya va texnologiya tizimlariga to‘liq muqobil yarata olmagan edi. Bugun esa vaziyat boshqacha.Xitoy o‘z moliyaviy institutlarini rivojlantirmoqda, yuanning xalqaro hisob-kitoblardagi rolini oshirmoqda va CIPS to‘lov tizimini kengaytirmoqda. BRIKS va ShHT kabi tuzilmalar esa G‘arb ishtirokisiz siyosiy va iqtisodiy hamkorlik uchun yangi maydonlarni shakllantirmoqda.Natijada Yevroosiyo tobora o‘z manfaatlariga asoslangan siyosat yuritmoqda. Yaqin Sharqda ham mustaqil kuch markazlari shakllanib, mintaqa davlatlari tashqi xavfsizlik kafolatlariga to‘liq bog‘liq bo‘lib qolmaslikka intilmoqda.Bu esa AQSh uchun dunyoni avvalgidek yakka tartibda boshqarish imkoniyatlarini qisqartiradi.Ikkinchi ssenariy AQShning Rossiya, Xitoy va Hindiston kabi yirik davlatlarni mustaqil kuch markazlari sifatida qabul qilishi va ular bilan yangi muvozanat asosida munosabat qurishini nazarda tutadi.Bu MAGA siyosatining dastlabki g‘oyalariga ham mos tushadi: asosiy e’tiborni Shimoliy Amerika va G‘arbiy yarimsharga qaratish, Sharqiy yarimshardagi harbiy majburiyatlarni qisqartirish va resurslarni AQShning ichki rivojlanishiga yo‘naltirish.Biroq bunday o‘zgarish tez kechishi qiyin. Amerika siyosiy tizimi o‘nlab yillar davomida global yetakchilik modeli asosida shakllangan. Uni qisqa vaqt ichida qayta qurish oson emas.Shunga qaramay, Xitoyning o‘sishi, yangi mintaqaviy kuch markazlarining paydo bo‘lishi va AQShning tashqi majburiyatlari qimmatlashib borishi Vashingtonni o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda.Bjezinskiy 20-yil avval ko‘targan masala shu tariqa yana kun tartibiga chiqmoqda: Amerika dunyoga o‘z qoidalarini belgilashga urinishda davom etadimi yoki ko‘p qutbli dunyodagi yirik kuch markazlaridan biri sifatida yangi sharoitga moslashadimi?
https://oz.sputniknews.uz/20260806/china-american-dream-dafn-59526329.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Aleksandr Yakovenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1c/47729514_467:0:2403:1936_100x100_80_0_0_7b073bfd88de72a309511cd7eb4952ce.jpg
Aleksandr Yakovenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1c/47729514_467:0:2403:1936_100x100_80_0_0_7b073bfd88de72a309511cd7eb4952ce.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59619365_97:0:672:431_1920x0_80_0_0_1e6aba7fe724e0db8468ac7ebba9cf5d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Yakovenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1c/47729514_467:0:2403:1936_100x100_80_0_0_7b073bfd88de72a309511cd7eb4952ce.jpg
aqsh, aqsh – eron mojarosi, ria novosti, donald tramp, xitoy, siyosat, kolumnistlar, analitika
aqsh, aqsh – eron mojarosi, ria novosti, donald tramp, xitoy, siyosat, kolumnistlar, analitika
Amerika oldidagi tanlov yana dolzarb: global yetakchilik yoki milliy manfaatlar
Bjezinskiy 20-yil avval AQSh jahon yetakchiligini kuch bilan emas, boshqa davlatlar uchun ham manfaatli tartib orqali saqlashi kerakligini yozgan edi. Bugun Vashington yana shu tanlov qarshisida turibdi.
Yigirma yil avval AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi, taniqli siyosatshunos Zbignev Bjezinskiy Amerika dunyodagi yetakchi mavqeyini saqlab qolish uchun uni kuch bilan emas, balki boshqa davlatlar uchun ham manfaatli bo‘lgan xalqaro tartib orqali asoslashi kerakligini yozgan edi.
U Vashingtonni boshqa yirik davlatlar bilan birgalikda zamonaviy dunyoning umumiy qoidalarini shakllantirishga chaqirgan. Bu, mohiyatan, dunyo bir qutbli bo‘lib qolmasligini va boshqa kuch markazlari bilan hisoblashish zarurligini anglatardi.
RIA Novosti tahlilchisining qayd etishicha, oradan 20-yil o‘tib AQSh oldidagi tanlov yanada aniqlashdi: mamlakat yoki o‘z milliy manfaatlariga ko‘proq e’tibor qaratib, MAGA (“Amerikani yana buyuk qilish” shiori) tamoyiliga qaytishi, yoki Yevropa, Yaqin Sharq va Sharqiy Osiyodagi ittifoqchilar xavfsizligi uchun katta resurs sarflashda davom etishi kerak.
So‘nggi mojarolar AQShning avvalgi harbiy modeli cheklovlarini ham ko‘rsatdi. Zamonaviy urushlarda uzoq masofadagi bazalarni ta’minlash, qimmat harbiy infratuzilmani himoya qilish va murakkab logistika tizimini ushlab turish tobora qiyin va qimmat bo‘lib bormoqda.
Eron bilan qarama-qarshilik ham Yaqin Sharqda doimiy harbiy ustunlikni saqlab turish Vashington uchun qanchalik katta resurs talab qilishini namoyon qildi. Shu sharoitda mintaqaviy davlatlarning o‘z xavfsizlik mexanizmlarini yaratishga intilishi kuchaymoqda.
Ushbu mojaro Vashington uchun bu tanlovni yanada dolzarb qilmoqda. Tramp yadroviy masalani hal qilmasdan va Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishini kutib, mojarodan chiqishga harakat qilayotgandek. Bunda AQSh uchun Fors ko‘rfazi neftiga muqobil manba sifatida Venesuela neftining ahamiyati ham ortib bormoqda.
Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning kengayishi ham shu tendensiyaning bir ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bunday model AQShga mintaqadagi mas’uliyatning bir qismini mahalliy kuch markazlariga topshirish va o‘zining bevosita harbiy ishtirokini qisqartirish imkonini berishi mumkin.
Biroq Vashington oldidagi muammo faqat harbiy sohada emas.
Sovuq urush davrida AQShning asosiy raqibi bo‘lgan Sovet Ittifoqi G‘arb nazoratidagi jahon moliya va texnologiya tizimlariga to‘liq muqobil yarata olmagan edi. Bugun esa vaziyat boshqacha.
Xitoy o‘z moliyaviy institutlarini rivojlantirmoqda, yuanning xalqaro hisob-kitoblardagi rolini oshirmoqda va CIPS to‘lov tizimini kengaytirmoqda. BRIKS va ShHT kabi tuzilmalar esa G‘arb ishtirokisiz siyosiy va iqtisodiy hamkorlik uchun yangi maydonlarni shakllantirmoqda.
Natijada Yevroosiyo tobora o‘z manfaatlariga asoslangan siyosat yuritmoqda. Yaqin Sharqda ham mustaqil kuch markazlari shakllanib, mintaqa davlatlari tashqi xavfsizlik kafolatlariga to‘liq bog‘liq bo‘lib qolmaslikka intilmoqda.
Bu esa AQSh uchun dunyoni avvalgidek yakka tartibda boshqarish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Vashington oldida ikki asosiy yo‘l qolmoqda: dunyoning turli nuqtalaridagi ittifoqchilar manfaatlarini himoya qilish uchun katta resurs sarflashda davom etish yoki yangi kuchlar muvozanatini tan olib, diplomatiyaga ko‘proq tayanish.
Ikkinchi ssenariy AQShning Rossiya, Xitoy va Hindiston kabi yirik davlatlarni mustaqil kuch markazlari sifatida qabul qilishi va ular bilan yangi muvozanat asosida munosabat qurishini nazarda tutadi.
Bu MAGA siyosatining dastlabki g‘oyalariga ham mos tushadi: asosiy e’tiborni Shimoliy Amerika va G‘arbiy yarimsharga qaratish, Sharqiy yarimshardagi harbiy majburiyatlarni qisqartirish va resurslarni AQShning ichki rivojlanishiga yo‘naltirish.
Biroq bunday o‘zgarish tez kechishi qiyin. Amerika siyosiy tizimi o‘nlab yillar davomida global yetakchilik modeli asosida shakllangan. Uni qisqa vaqt ichida qayta qurish oson emas.
Shunga qaramay, Xitoyning o‘sishi, yangi mintaqaviy kuch markazlarining paydo bo‘lishi va AQShning tashqi majburiyatlari qimmatlashib borishi Vashingtonni o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda.
Bjezinskiy 20-yil avval ko‘targan masala shu tariqa yana kun tartibiga chiqmoqda: Amerika dunyoga o‘z qoidalarini belgilashga urinishda davom etadimi yoki ko‘p qutbli dunyodagi yirik kuch markazlaridan biri sifatida yangi sharoitga moslashadimi?