43 ta attraksion yopildi: O‘zbekistonda lift va attraksionlar xavfsizligi tekshirilmoqda

© Sputnik / Mariya Plotnikova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Ulan-Bator
Goroda mira. Ulan-Bator - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2026
Obuna bo‘lish
2026 yilning birinchi yarmida respublikada 1 507 ta attraksion tekshirildi. Natijada 43 tasi foydalanishdan chiqarildi, yana 102 tasi elektr tarmog‘idan uzildi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. 2026 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda xavfsizlik talablariga javob bermagan 43 ta attraksion foydalanishdan chiqarildi, yana 102 tasi vaqtincha elektr tarmog‘idan uzildi.
Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbirda hisobot davrida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, xavfli obyektlarda avariyalarning oldini olish, shuningdek, nazorat tizimini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
© SputnikV Uzbekistane vivedeni iz ekspluatatsii 43 attraksiona, ne otvechayushix trebovaniyam bezopasnosti
V Uzbekistane vivedeni iz ekspluatatsii 43 attraksiona, ne otvechayushix trebovaniyam bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2026
V Uzbekistane vivedeni iz ekspluatatsii 43 attraksiona, ne otvechayushix trebovaniyam bezopasnosti
Qayd etilishicha, yilning dastlabki olti oyida qo‘mita tomonidan 914 ta tekshiruv o‘tkazilgan. Ular davomida xavfsizlik talablarining 8 055 ta buzilishi aniqlangan.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 908 ta yozma ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, hisobot davrida 6 634 ta profilaktika tadbiri o‘tkazilgan.
Matbuot anjumanida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardorbek Yakubekov lift va attraksionlar xavfsizligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Xavfsiz lift” yagona elektron platformasi orqali olti oy davomida 2 755 ta lift davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Ayni paytda platformaga kiritilgan liftlarning umumiy soni 17 517 taga yetgan. Ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar soni esa 78 tani tashkil etmoqda.
Qo‘mitaning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Jo‘rayev esa respublikadagi attraksionlarning xavfsizlik talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari haqida ma’lumot berdi.
“Qo‘mita tomonidan respublikadagi jami 1 507 ta attraksion o‘rganildi. O‘tkazilgan maxsus tekshiruvlar natijasida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan obyektlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Jumladan, 43 ta attraksion foydalanishdan chiqarildi, 102 tasi esa vaqtincha elektr tarmog‘idan uzildi”, — dedi u.
Bundan tashqari, tadbir davomida Qo‘mitaning “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi orqali nazorat ostidagi qariyb 60 mingta obyekt bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan. Hisobot davrida mazkur tizim orqali 6 918 ta ekspertiza xulosasi hisobga olingan.
Davlat xizmatlari yo‘nalishida esa 2026-yilning o‘tgan davrida 1 487 ta ruxsatnoma va 544 ta xulosa taqdim etilgan.
Yil yakuniga qadar 10 ta Hukumat qarori va 37 ta idoraviy hujjatni tasdiqlash, shuningdek, 4 ta qonun loyihasini qabul qilish bo‘yicha ishlarni yakunlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, 70 tadan ortiq texnik hujjatni xalqaro talablarga moslashtirish hamda mazkur axborot tizimida sun’iy intellekt asosidagi “virtual yordamchi”ni joriy etish ko‘zda tutilgan.
V Tashkente i Surxandarye zakriti obyekti, narushivshie pravila pojarnoy bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2026
Yong‘in xavfsizligi: talablarni qo‘pol buzgan tadbirkorlar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilmoqda
Yangiliklar lentasi
0