Bank kartalari, yirik operatsiyalar va valyuta ayirboshlashda o‘zgarishlar bo‘ldi

© Sputnik / Baxrom XatamovDevushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom
Devushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2026
Obuna bo‘lish
9 avgustdan banklarda bolalar hisobvaraqlari, yirik pul o‘tkazmalari va ayrim xalqaro operatsiyalarni nazorat qilish qoidalari o‘zgardi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 9-avgustdan tijorat banklarida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi ichki nazoratning yangilangan qoidalari kuchga kirdi.
Yangi tartibga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxsning hisobvarag‘ida ikki ish kuni davomida 40 BHM (16 mln 480 ming so‘m)dan ortiq mablag‘ni kirim yoki chiqim qilish yoxud naqd yechib olish bilan bog‘liq operatsiyalar gumonli operatsiya mezonlaridan biri hisoblanadi.
Gumonli alomat aniqlanganda bankning ichki nazorat xizmati mijoz va operatsiya haqidagi ma’lumotlarni o‘rganadi, shubhali deb tan olish esa har bir holat bo‘yicha kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.
Yana bir yangi mezon — FATF tomonidan kuchaytirilgan monitoring ostiga olingan davlatlar bilan yirik operatsiyalar. Bunday davlatlardan 30 kun ichida hisobvaraqqa 1000 BHM (412 mln so‘m) yoki undan ortiq mablag‘ kelib tushishi yoxud ularga shuncha mablag‘ o‘tkazilishi shubhali operatsiya sifatida baholanadi.
Shu bilan birga, ayrim talablar yumshatildi. Ilgari jismoniy shaxs 100 dollardan ortiq valyuta sotib olganda mijozni lozim darajada tekshirish talab etilgan bo‘lsa, endi bu chegara 500 dollarga oshirildi.
Bank hisobvarag‘ini ochmasdan amalga oshiriladigan bir martalik operatsiyalar uchun esa avvalgi 500 BHM o‘rniga 175 mln so‘mlik chegara belgilandi. Bundan tashqari, banklar karta orqali to‘lovlarni jo‘natuvchi moliyaviy muassasadan qabul qiluvchigacha kuzatish imkonini ta’minlashi kerak.
Miqdoriy chegara belgilanmagan shubhali operatsiyalar bo‘yicha esa banklar 10 ish kuni ichida mablag‘ manbasi, ishtirokchilar, ularning ishchanlik obro‘si, o‘zaro bog‘liqligi va operatsiyaning haqiqiy maqsadini kompleks tahlil qilishi shart.
Mujchina vozle bankomata. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2026
Soliq qo‘mitasi kartadan kartaga tushgan ayrim mablag‘larni tekshirmoqda
Yangiliklar lentasi
0