https://oz.sputniknews.uz/20260810/bad-reklama-qonun-59595524.html
BADlarni bo‘rttirib reklama qilish qonunga zid — Raqobat qo‘mitasi ogohlantirdi
BADlarni bo‘rttirib reklama qilish qonunga zid — Raqobat qo‘mitasi ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Raqobat qo‘mitasi BADlarni dori va kasalliklarni davolovchi vosita sifatida targ‘ib qilish mumkin emasligini eslatdi. Bunday reklamalarda maxsus ogohlantirish bo‘lishi shart.
2026-08-10T10:47+0500
2026-08-10T10:47+0500
2026-08-10T10:47+0500
jamiyat
dori
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
reklama
ogohlantirish
kasallik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33637495_0:0:3067:1725_1920x0_80_0_0_973fcf60246875576db953b8b95724d4.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Raqobat qo‘mitasi biologik faol qo‘shimchalarni (BAD) kasalliklarni davolovchi vosita sifatida reklama qilish qonunga zid ekanini eslatdi.Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda BADlar, malhamlar, surtmalar, balzamlar, damlamalar va mineral suvlar diabet, insult, gastrit, yurak-qon tomir, jigar, buyrak, artrit, gipertoniya kabi kasalliklarni davolashda samarali vosita sifatida targ‘ib qilinmoqda."Reklama to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, BAD reklamasi mahsulot dori yoki davolash xususiyatiga ega degan tasavvurni uyg‘otmasligi kerak. Shuningdek, reklamada odamlarning ushbu mahsulot yordamida davolangani yoki ahvoli yaxshilanganiga havola qilish, fuqarolarning minnatdorligi va tavsiyalaridan foydalanish mumkin emas.Bunday reklamalarda "Ushbu mahsulot dori vositasi emas" degan ogohlantirish ham bo‘lishi shart.Qo‘mita reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligini eslatdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260605/dorilar-davlat-royxati-58128245.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33637495_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_3bd8416caee255ccb6df8d0d9251d47b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, dori, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi , reklama, ogohlantirish, kasallik
jamiyat, dori, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi , reklama, ogohlantirish, kasallik
BADlarni bo‘rttirib reklama qilish qonunga zid — Raqobat qo‘mitasi ogohlantirdi
Qonunga muvofiq, BAD reklamasi mahsulot dori yoki davolash xususiyatiga ega degan tasavvurni uyg‘otmasligi kerak.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Raqobat qo‘mitasi biologik faol qo‘shimchalarni (BAD) kasalliklarni davolovchi vosita sifatida reklama qilish qonunga zid ekanini
eslatdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda BADlar, malhamlar, surtmalar, balzamlar, damlamalar va mineral suvlar diabet, insult, gastrit, yurak-qon tomir, jigar, buyrak, artrit, gipertoniya kabi kasalliklarni davolashda samarali vosita sifatida targ‘ib qilinmoqda.
Vakolatli organlar xulosasiga ko‘ra, biologik faol qo‘shimchalar organizmning foydali moddalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Ular dori vositasi hisoblanmaydi va kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallanmagan.
"Reklama to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, BAD reklamasi mahsulot dori yoki davolash xususiyatiga ega degan tasavvurni uyg‘otmasligi kerak. Shuningdek, reklamada odamlarning ushbu mahsulot yordamida davolangani yoki ahvoli yaxshilanganiga havola qilish, fuqarolarning minnatdorligi va tavsiyalaridan foydalanish mumkin emas.
Bunday reklamalarda "Ushbu mahsulot dori vositasi emas" degan ogohlantirish ham bo‘lishi shart.
Qo‘mita reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligini eslatdi.