Xavfli chiqindilarini qayta ishlash darajasi 20 foizga yetkaziladi

© Fotolia / CreativemarcBaki s radiaktivnimi otxodami
Baki s radiaktivnimi otxodami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2026
Obuna bo‘lish
Xavfli chiqindilar saqlanadigan barcha maydonlar va inshootlar Chiqindilarni qayta ishlash agentligi tasarrufiga bepul o‘tkaziladi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekistonda xavfli chiqindilarini qayta ishlash darajasi 20 foizga yetkaziladi. Bu haqda maxsus prezident qarori qabul qilindi.
Hujjatda 2030-yilgacha mo‘ljallangan Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi tasdiilangan. Unda tog‘-kon, metallurgiya, kimyo sanoati, neft-gaz va elektr energetikasi korxonalarida hosil bo‘layotgan IIVsinflarga mansub xavfli chiqindilarni qayta ishlash darajasini20 foizga yetkazish belgilandi.
Qarorga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boshlab xavfli chiqindilarni hosil qiluvchi tashkilotlar ekologik ekspertiza xulosasiga asosan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda yillik rejalar ishlab chiqadi.
Bunda chiqindilar hosil bo‘lish hajmini kamaytirish, qayta ishlash ulushini oshirish hamda ularni faqatgina tegishli vakolat, infratuzilma va ijobiy ekologik ekspertiza xulosasiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlarga zararsizlantirish, utilizatsiya qilish yoki ko‘mish uchun topshirish majburiyati yuklatiladi.
Shuningdek, qayta ishlab bo‘lmaydigan xavfli chiqindilarni xavfsiz va minimal hajmda joylashtirish mexanizmlarini to‘liq tatbiq etish, maxsus obyektlarda saqlanayotgan chiqindilarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda ularning hosil bo‘lish manbalari, hajmi, tarkibi va joylashtirish joylari bo‘yicha tasniflangan davlat hisobini yuritish asosiy maqsad va ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Agar tashkilotlarning o‘zlarida tegishli vakolat va infratuzilma mavjud bo‘lsa, ular qonunchilikka muvofiq bu ishlarni mustaqil ravishda ham amalga oshirishiga ruxsat beriladi.
Shu bilan birga, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab mazkur tashkilotlar statistika hisobotlarini yil yakuniga ko‘ra shakllantirib boradi va chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 20-sanasiga qadar Agentlik axborot tizimiga kiritib borishi shart.
Bu ko‘rsatkichlarning bajarilishi ustidan nazorat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi — Ekopolitsiya tomonidan amalga oshiriladi.
Mamlakatda xavfli va radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Agentlik huzurida davlat muassasasi shaklida Xavfli chiqindilarni boshqarish direksiyasi tashkil etilishi belgilandi.
Shuningdek, Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti huzuridagi Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi o‘z vazifa, huquq va majburiyatlarini saqlab qolgan holda Agentlik tizimiga o‘tkazildi.
Uran merosi obyektlarini ekologik qayta tiklash va ularda barqaror radioekologik holatni ta’minlash uchun maxsus vakolatli organ (regulyator) sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, operator sifatida esa Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi belgilandi.
Foydalanishdan chiqarilgan barcha maxsus obyektlar (chiqindi saqlanadigan maydonlar va inshootlar) ularni ekologik qayta tiklash uchun zarur mablag‘lar bilan birgalikda Agentlik tasarrufiga bepul asosda o‘tkaziladi.
Bunda Agentlikning alohida budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisob raqami yuritilib, Direksiyaning xo‘jalik faoliyatidan tushadigan sof daromadning 50 foizi hamda maxsus obyektlarni topshirayotgan tashkilotlarning rekultivatsiya mablag‘lari shu hisobga yo‘naltiriladi va obyektlarni qayta tiklash hamda uzoq muddatli monitoring qilish ishlariga sarflanadi.

Shuningdek, Agentlik tasarrufidagi sobiq uran konlari va xavfli sanoat chiqindilarini saqlash obyektlari joylashgan yer uchastkalari soliq solinmaydigan yerlar toifasiga kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan 2027-yil 1-yanvarga qadar maxsus axborot tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali vazirlik va idoralarning platformalariga ulanib, xavfli chiqindilarning raqamli pasporti yaratiladi va I–III xavflilik sinfiga mansub chiqindilarning har bir tonnasi hosil bo‘lish obyektidan tortib to utilizatsiya qilish joyigacha real vaqt rejimida monitoring qilib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0