https://oz.sputniknews.uz/20260806/ufa-uzbekistan-savdo-uy-59514781.html
Ufada O‘zbekiston Savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi
Ufada O‘zbekiston Savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Boshqirdiston kompaniyalari savdo uyini ochish, mahsulot sotish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishdi. 06.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-06T09:25+0500
2026-08-06T09:25+0500
2026-08-06T09:48+0500
rossiya
forum
savdo
savdo-sanoat palatasi
markaziy osiyo
afg‘oniston
boshqirdiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/06/59514588_0:65:1280:785_1920x0_80_0_0_7ff596eb090b26e3924c68f3488fbd79.jpg
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Ufada o‘tkazilgan O‘zbekiston–Boshqirdiston biznes-forumi yakunlariga ko‘ra, savdo va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qator amaliy kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.Tadbirda O‘zbekistonning turli sohalarda faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq korxonasi qatnashdi.Asosiy kelishuvlardan biri — "BashGlobalGrupp" bilan "Yevraziya" ulgurji-taqsimlash markazida O‘zbekiston Savdo uyini ochish. Boshqirdiston korxonalariga Afg‘oniston bozoriga mahsulot yetkazib berishga mo‘ljallangan erkin iqtisodiy zona hududida loyihalarni amalga oshirish taklif qilindi. O‘zbekiston va Boshqirdiston Savdo-sanoat palatalari hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi. B2B muzokaralari yakunida esa shartnoma va kelishuvlar tuzildi.Tadbirda 2025-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi qariyb 13 mlrd dollarga yetgani, shuningdek, O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 3 mingdan oshgani qayd etildi.Boshqirdiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo hajmi besh yildan beri o‘sib kelmoqda. Joriy yil Toshkentdagi "Innoprom. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasida Boshqirdiston korxonalari 2,8 mlrd rubllik tashqi savdo shartnomalarini imzolagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260803/tashkent-viloyat-bashkortostan-loyihalar-59461687.html
boshqirdiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/06/59514588_74:0:1207:850_1920x0_80_0_0_8ed5e3dad534654aaa53577e9ebde972.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, forum, savdo, savdo-sanoat palatasi, markaziy osiyo, afg‘oniston, boshqirdiston
rossiya, forum, savdo, savdo-sanoat palatasi, markaziy osiyo, afg‘oniston, boshqirdiston
Ufada O‘zbekiston Savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi
09:25 06.08.2026 (yangilandi: 09:48 06.08.2026) O‘zbekiston va Boshqirdiston kompaniyalari savdo uyini ochish, mahsulot sotish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishdi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Ufada o‘tkazilgan O‘zbekiston–Boshqirdiston biznes-forumi yakunlariga ko‘ra, savdo va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qator amaliy kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekistonning turli sohalarda faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq korxonasi qatnashdi.
Asosiy kelishuvlardan biri — "BashGlobalGrupp" bilan "Yevraziya" ulgurji-taqsimlash markazida O‘zbekiston Savdo uyini ochish.
O‘zbek kompaniyalarining xalqaro ko‘p funksiyali biznes-majmua loyihasida ishtirok etishi hamda "Tolpar" texnoparki orqali oziq-ovqatdan tashqari mahsulotlarni sotishi bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.
Boshqirdiston korxonalariga Afg‘oniston bozoriga mahsulot yetkazib berishga mo‘ljallangan erkin iqtisodiy zona hududida loyihalarni amalga oshirish taklif qilindi.
O‘zbekiston va Boshqirdiston Savdo-sanoat palatalari hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi. B2B muzokaralari yakunida esa shartnoma va kelishuvlar tuzildi.
Tadbirda 2025-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi qariyb 13 mlrd dollarga yetgani, shuningdek, O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 3 mingdan oshgani qayd etildi.
"Bashkortostan" teleradiokompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, forum doirasida O‘zbekiston va Boshqirdiston kompaniyalari o‘rtasida qariyb 100 mln dollarlik shartnoma va kelishuvlar imzolandi.
Boshqirdiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo hajmi besh yildan beri o‘sib kelmoqda. Joriy yil Toshkentdagi "Innoprom. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasida Boshqirdiston korxonalari 2,8 mlrd rubllik tashqi savdo shartnomalarini imzolagan.