2026 yilda O‘zbekistonda 750 ta korxonada 1,386 trln so‘mlik ekologik zarar aniqlandi

© SputnikPress-konferensiya s uchastiyem Gosudarstvennogo sentra ekologicheskoy ekspertizi
Press-konferensiya s uchastiyem Gosudarstvennogo sentra ekologicheskoy ekspertizi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
Obuna bo‘lish
Tekshiruvlar natijasida 500 ga yaqin mansabdor jazolandi, daraxtlar bilan bog‘liq qariyb 1 700 ta huquqbuzarlik qayd etildi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. 2026 yilda ekopolitsiya 750 ta korxonada tekshiruv o‘tkazib, tabiatga yetkazilgan 1 trln 386 mlrd so‘mlik zararni hisobladi. Bu haqda Davlat ekologik ekspertiza markazi ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tekshirilgan korxonalarning:
75 tasi atrof-muhitga eng yuqori ta’sir ko‘rsatuvchi birinchi toifaga;
200 tasi ikkinchi toifaga;
500 ga yaqini uchinchi toifaga mansub.
Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha 500 ga yaqin mansabdor shaxsga ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Joriy yilda daraxt va butalarni noqonuniy kesish, shikastlash yoki parvarish qilmaslik bilan bog‘liq qariyb 1 700 ta holat qayd etilgan. Ularning 220 tasi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan.
Ushbu huquqbuzarliklar bo‘yicha qariyb 16 mlrd so‘m jarima belgilangan, tabiatga yetkazilgan zarar esa 19 mlrd so‘mga baholangan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda jamoat ekologik ekspertizasi instituti joriy etiladi. U fuqarolar va nodavlat notijorat tashkilotlariga rejalashtirilayotgan loyihalarning atrof-muhitga ta’sirini mustaqil baholash tashabbusi bilan chiqish imkonini beradi.
Buning uchun tashabbuskorlar obyekt joylashadigan tuman yoki shahar hokimligiga ariza topshiradi. Shundan keyin mustaqil ekspertlar komissiyasi tuzilib, loyiha 25 ish kuni davomida o‘rganiladi. Tayyorlangan xulosa Ekologiya qo‘mitasiga taqdim etiladi.

"Bundan buyon fuqarolar va nodavlat notijorat tashkilotlari har qanday rejalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha jamoat ekologik ekspertizasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Shu tariqa jamoatchilik ekologik ahamiyatga ega loyihalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun huquqiy mexanizmga ega bo‘ladi", — dedi dedi Davlat ekologik ekspertiza markazi bosh direktori G‘ayrat Muhammedov.

Skrining va skoping nima beradi?
Vazirlar Mahkamasining atrof-muhitga ta’sirni baholashning yangi mexanizmlarini joriy qilishga oid qaroriga muvofiq, skrining va skoping tizimlari ishga tushiriladi.
Skrining bosqichida loyihaning atrof-muhit uchun xavfli yoki xavfsiz ekani dastlabki tarzda aniqlanadi.
Agar ekologik xavf bo‘lmasa:
tadbirkordan to‘lov undirilmaydi;
bir ish kunida rasmiy javob beriladi;
ekspertiza jarayoni shu yerda yakunlanadi.
Agar xavf aniqlansa, loyiha skoping bosqichiga o‘tkaziladi. Unda ekologik ta’sir ko‘lami, o‘rganilishi zarur masalalar va ekspert baholashining yo‘nalishlari belgilanadi.
V Tashkente viavlen sbros stochnix vod v kanal Salar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2026
Toshkentda oqova suv Salar kanaliga oqizilgani aniqlandi
Yangiliklar lentasi
0