https://oz.sputniknews.uz/20260805/russia-zarba-ukraine-59504502.html
Rossiya Kiyevdagi obyektlarga zarba berdi — Ukraina HHK birorta raketani ham ura olmadi
Rossiya Kiyevdagi obyektlarga zarba berdi — Ukraina HHK birorta raketani ham ura olmadi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Kiyev va viloyatdagi logistika markazlariga zarba berganini ma’lum qildi. Ukraina HHK uchirilgan 28 raketaning birortasi urib tushirilmaganini tan oldi. Xarkovda ikki aholi punkti nazoratga olindi.
2026-08-05T15:42+0500
2026-08-05T15:42+0500
2026-08-05T15:42+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
kiyev
rossiya mudofaa vazirligi
odessa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/17/56456135_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_26f1c2c79ebeb0aedcc4141cb8393a1b.jpg
Rossiya Qurolli kuchlari Kiyev va Kiyev viloyatidagi transport-logistika hamda taqsimlash markazlariga keng ko‘lamli zarba berdi. Hujumda quruqlikda joylashgan yuqori aniqlikdagi qurollar va uzoq masofali zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlar qo‘llanildi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Kiyevda "MLP-Chayka", "Novaya pochta", "Trans-logistik" va "Episentr" logistika majmualari nishonga olingan.Rossiya tomoni ushbu obyektlar harbiy yuklar, uzoq va o‘rta masofali dronlar uchun butlovchi qismlar, robotlashtirilgan majmualar hamda radioelektron kurash vositalarini saqlash va taqsimlashda ishlatilganini bildirdi.Ukraina Harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, tungi hujumda to‘rtta "Sirkon" yoki "Oniks" kemalarga qarshi raketasi hamda 24 ta "Iskander-M" yoki S-400 ballistik raketasi uchirilgan.Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari 28 ta raketaning birortasini ham urib tushira olmagan. Shu bilan birga, 98 ta uchuvchisiz apparat urib tushirilgan yoki radioelektron vositalar yordamida bostirilgani ma’lum qilindi.Qora dengizda, Odessa janubida harbiy yuk tashigan yana bir quruq yuk kemasiga zarba berilgan. Ochakovdan janubi-sharqda esa Ukraina QKning ikkita ekipajsiz kateri yo‘q qilingani aytildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260804/ukraine-portlar-zarba-59480884.html
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/17/56456135_41:0:1481:1080_1920x0_80_0_0_70fe43199deb4f31fa2fa1e0bd78f923.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, kiyev, rossiya mudofaa vazirligi, odessa
dunyo yangiliklari, dunyoda, kiyev, rossiya mudofaa vazirligi, odessa
Rossiya Kiyevdagi obyektlarga zarba berdi — Ukraina HHK birorta raketani ham ura olmadi
Rossiya Kiyevdagi harbiy logistika markazlariga zarba berdi, Ukraina HHK 28 raketaning birortasini ura olmaganini bildirdi.
Rossiya Qurolli kuchlari Kiyev va Kiyev viloyatidagi transport-logistika hamda taqsimlash markazlariga keng ko‘lamli zarba berdi. Hujumda quruqlikda joylashgan yuqori aniqlikdagi qurollar va uzoq masofali zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlar qo‘llanildi, deb
xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Kiyevda "MLP-Chayka", "Novaya pochta", "Trans-logistik" va "Episentr" logistika majmualari nishonga olingan.
Kiyev viloyatida esa "Brovari terminali", "Raben Ukraina" transport-logistika markazi va "Novaya pochta"ning Brovaridagi saralash majmuasiga zarba berilgan.
Rossiya tomoni ushbu obyektlar harbiy yuklar, uzoq va o‘rta masofali dronlar uchun butlovchi qismlar, robotlashtirilgan majmualar hamda radioelektron kurash vositalarini saqlash va taqsimlashda ishlatilganini bildirdi.
Ukraina Harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, tungi hujumda to‘rtta "Sirkon" yoki "Oniks" kemalarga qarshi raketasi hamda 24 ta "Iskander-M" yoki S-400 ballistik raketasi uchirilgan.
Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari 28 ta raketaning birortasini ham urib tushira olmagan. Shu bilan birga, 98 ta uchuvchisiz apparat urib tushirilgan yoki radioelektron vositalar yordamida bostirilgani ma’lum qilindi.
Rossiya Mudofaa vazirligi dengiz va port infratuzilmasiga berilgan zarbalar haqida ham ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Nikolayev portida uchta quruq yuk kemasi, Chernomorskda harbiy yuklar saqlangan konteyner terminali va FP-2 dronlari ombori zararlangan.
Qora dengizda, Odessa janubida harbiy yuk tashigan yana bir quruq yuk kemasiga zarba berilgan. Ochakovdan janubi-sharqda esa Ukraina QKning ikkita ekipajsiz kateri yo‘q qilingani aytildi.