O‘zbekiston tashqi savdosining 27 foizi YeOII hissasiga to‘g‘ri keldi
O‘zbekiston tashqi savdosining 27 foizi YeOII hissasiga to‘g‘ri keldi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan savdo aylanmasi 10,98 mlrd dollarga yetdi. Ittifoq mamlakatlariga eksport 3,655 mlrd, ulardan import esa 7,323 mlrd dollarni tashkil qildi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 41 mlrd dollarni tashkil etdi.Shundan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar — Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston bilan savdo aylanmasi qariyb 10,98 mlrd dollarga yetdi. Bu mamlakat umumiy tashqi savdo aylanmasining 26,8 foiziga teng.Hisobot davrida O‘zbekiston eksporti 15,9 mlrd dollarni tashkil etdi. YeOII davlatlariga eksport hajmi esa 3,655 mlrd dollarga yetdi.Import hajmi 25,1 mlrd dollarni tashkil etib, shundan 7,323 mlrd dollari YeOII davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.Shu tariqa, YeOII davlatlariga eksport O‘zbekiston umumiy eksportining 23 foizini, ushbu mamlakatlardan import esa jami importning 29,1 foizini tashkil qildi.Mazkur davrda O‘zbekiston jahonning 195 ta mamlakati bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirdi.
Yanvar-iyun oylarida YeOII bilan savdo 10,98 mlrd dollarga yetdi — bu O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 26,8 foizi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 41 mlrd dollarni tashkil etdi.
Shundan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar — Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston bilan savdo aylanmasi qariyb 10,98 mlrd dollarga yetdi. Bu mamlakat umumiy tashqi savdo aylanmasining 26,8 foiziga teng.
Hisobot davrida O‘zbekiston eksporti 15,9 mlrd dollarni tashkil etdi. YeOII davlatlariga eksport hajmi esa 3,655 mlrd dollarga yetdi.
Import hajmi 25,1 mlrd dollarni tashkil etib, shundan 7,323 mlrd dollari YeOII davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shu tariqa, YeOII davlatlariga eksport O‘zbekiston umumiy eksportining 23 foizini, ushbu mamlakatlardan import esa jami importning 29,1 foizini tashkil qildi.
Mazkur davrda O‘zbekiston jahonning 195 ta mamlakati bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirdi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.