https://oz.sputniknews.uz/20260730/vetnam-vingroup-uzbekistan-reja-59371302.html
OAV: Vyetnam kompaniyasi O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
OAV: Vyetnam kompaniyasi O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Vingroup Toshkentda "Vietnam Town" barpo etishni rejalashtirmoqda. Loyiha uy-joylar, savdo markazlari, maktablar, shifoxonalar va elektromobil infratuzilmasini qamrab olishi mumkin.
2026-07-30T10:04+0500
2026-07-30T10:04+0500
2026-07-30T10:17+0500
qurilish
vyetnam
taksi
elektromobil
uy
o‘zbekiston
transport
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1e/59371131_0:113:1200:788_1920x0_80_0_0_30216d909432cd9e2ef05a3f936651b7.jpg
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Vyetnamning eng yirik xususiy kompaniyasi "Vingroup" Toshkentda "Vietnam Town" nomli yirik shaharsozlik majmuasini barpo etishni rejalashtirmoqda. "Associated Press" e’lon qilgan tahlilida ushbu loyihani kompaniyaning xalqaro bozorlarga chiqish strategiyasidagi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etdi.Toshkentdagi majmua "Vingroup" Vyetnamda amalga oshirgan kompleks shaharsozlik loyihalari namunasida tashkil etilishi mumkin. Loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuv 2025-yil dekabrda "Vingroup" hamda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandumda belgilangan."Vingroup" kompaniyasining rasmiy axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni Toshkentning qulay hududlaridan birida qariyb ming gektar yer maydonini loyihani o‘rganish, konsepsiyasini ishlab chiqish va investitsiya taklifini tayyorlash uchun taqdim etishga tayyorligini bildirgan.Memorandumda ekologik transport sohasidagi hamkorlik ham nazarda tutilgan. Xususan, O‘zbekistonda "VinFast" elektromobillari asosida elektr taksi va shahar transport xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, quvvatlash stansiyalari hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish imkoniyatlari o‘rganiladi."Associated Press" ma’lumotiga ko‘ra, "Vingroup" hozir kamida 15 ta mamlakatda qariyb 20 ta yirik loyihani rejalashtirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251225/uzbekistan-vietnam-bayonnoma-54453524.html
vyetnam
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1e/59371131_1:0:1200:899_1920x0_80_0_0_2a4c2b3c570be4a0132a06181aa02fd0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qurilish, vyetnam, taksi, elektromobil, uy, o‘zbekiston, transport, jamiyat
qurilish, vyetnam, taksi, elektromobil, uy, o‘zbekiston, transport, jamiyat
OAV: Vyetnam kompaniyasi O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
10:04 30.07.2026 (yangilandi: 10:17 30.07.2026) AP nashriga ko‘ra, "Vingroup" Toshkentda turar joylar va ijtimoiy obyektlarni qamrab olgan "Vyetnam kvartali"ni barpo etishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Vyetnamning eng yirik xususiy kompaniyasi "Vingroup" Toshkentda "Vietnam Town" nomli yirik shaharsozlik majmuasini barpo etishni rejalashtirmoqda. "Associated Press" e’lon qilgan tahlilida ushbu loyihani kompaniyaning xalqaro bozorlarga chiqish strategiyasidagi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida
qayd etdi.
Toshkentdagi majmua "Vingroup" Vyetnamda amalga oshirgan kompleks shaharsozlik loyihalari namunasida tashkil etilishi mumkin.
Unda turar joylar, savdo va madaniyat obyektlari, maktablar, shifoxonalar, maishiy xizmatlar hamda elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasini bir hududda joylashtirish ko‘zda tutilmoqda. Loyiha zamonaviy va barqaror shahar muhitini yaratishga qaratilgan.
Loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuv 2025-yil dekabrda "Vingroup" hamda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandumda belgilangan.
"Vingroup" kompaniyasining rasmiy axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni Toshkentning qulay hududlaridan birida qariyb ming gektar yer maydonini loyihani o‘rganish, konsepsiyasini ishlab chiqish va investitsiya taklifini tayyorlash uchun taqdim etishga tayyorligini bildirgan.
Memorandumda ekologik transport sohasidagi hamkorlik ham nazarda tutilgan. Xususan, O‘zbekistonda "VinFast" elektromobillari asosida elektr taksi va shahar transport xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, quvvatlash stansiyalari hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Bundan tashqari, tomonlar mehmonxonalar, ko‘ngilochar obyektlar, golf maydonlari va boshqa infratuzilmani qamrab olgan turistik majmua tashkil etish istiqbollarini ham muhokama qilishga kelishgan.
"Associated Press" ma’lumotiga ko‘ra, "Vingroup" hozir kamida 15 ta mamlakatda qariyb 20 ta yirik loyihani rejalashtirmoqda.