https://oz.sputniknews.uz/20260730/saraton-qarshi-dori-59376775.html
Saratonga qarshi yangi dori yaratishda o‘zbekistonlik olim muhim natijaga erishdi
Saratonga qarshi yangi dori yaratishda o‘zbekistonlik olim muhim natijaga erishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik olim Vengriyada saraton hujayralariga qarshi ta’sir ko‘rsatgan va yurakka kamroq zarar yetkazuvchi birikmalarni aniqladi. 30.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-30T11:41+0500
2026-07-30T11:41+0500
2026-07-30T11:42+0500
dori
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
ilm-fan
olimlar
o‘zbekiston
saraton
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1e/59376162_0:178:957:716_1920x0_80_0_0_91449688a93019340c20402216e1426c.jpg
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi Nurxo‘ja Muxamedov Vengriyaning Debretsen universitetida saratonga qarshi yangi dorilar yaratishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan birikmalarni tadqiq qildi. Bu haqda akademiya matbuot xizmati xabar berdi.Tajribalarda arenobufagin moddasi va uning bir nechta hosilasi ko‘krak bezi saratoni hujayralarida sinovdan o‘tkazildi. Natijalar Ar-004, Ar-008 va Ar-015 nomli hosilalar juda kam miqdorda ham saraton hujayralarining yashovchanligini sezilarli darajada pasaytirishini ko‘rsatdi.Tadqiqot natijalari kelgusida samarali va xavfsizroq saratonga qarshi dori nomzodlarini yaratish uchun asos bo‘lishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260302/talaba-chayon-zahar-olish-qurilma-56056847.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1e/59376162_0:183:957:901_1920x0_80_0_0_8f6c37881465082adc419df6e18d669f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dori, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , ilm-fan, olimlar, o‘zbekiston, saraton, jamiyat
dori, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , ilm-fan, olimlar, o‘zbekiston, saraton, jamiyat
Saratonga qarshi yangi dori yaratishda o‘zbekistonlik olim muhim natijaga erishdi
11:41 30.07.2026 (yangilandi: 11:42 30.07.2026) O‘zbekistonlik olim Vengriyada saraton hujayralariga qarshi ta’sir ko‘rsatgan va yurakka kamroq zarar yetkazuvchi birikmalarni aniqladi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi Nurxo‘ja Muxamedov Vengriyaning Debretsen universitetida saratonga qarshi yangi dorilar yaratishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan birikmalarni tadqiq qildi. Bu haqda akademiya matbuot xizmati
xabar berdi.
Tajribalarda arenobufagin moddasi va uning bir nechta hosilasi ko‘krak bezi saratoni hujayralarida sinovdan o‘tkazildi. Natijalar Ar-004, Ar-008 va Ar-015 nomli hosilalar juda kam miqdorda ham saraton hujayralarining yashovchanligini sezilarli darajada pasaytirishini ko‘rsatdi.
Olimlar birikmalarning yurak hujayralariga ta’sirini ham tekshirdi. Arenobufaginning kimoviy tuzilishi o‘zgartirilganda, uning saratonga qarshi faolligi saqlanib, yurak hujayralariga zararli ta’siri kamaygan.
Tadqiqot natijalari kelgusida samarali va xavfsizroq saratonga qarshi dori nomzodlarini yaratish uchun asos bo‘lishi mumkin.